Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa
(Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-
oyat). 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Mujohid «(Qachon Allohning nomi zikr qilinganda) yashirinib oladigan vasvasachi 
(shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman» oyatining ma’nosi 
to‘g‘risida aytishicha, qalbga yoyilib yotib olgan shaytondir. Agar Alloh taoloni eslasa
shayton siqiladi va uzoqlashadi. Agar g‘aflatda bo‘lsa, qalbning ustiga yana yoyilib yotib 
oladi. Alloh taolo zikri bilan shayton vasvasasi o‘rtasidagi kurash yorug‘lik bilan zulmat
kecha va kunduz o‘rtasidagi o‘zaro kurashga o‘xshaydi. Ikkisining bir-biriga zidligi 
borasida Alloh taolo aytadi: 
«Ularni shayton egallab olib, ularga Allohni eslashni unuttiradi» (Mujodala 
surasi, 19-oyat). 
Anas roziyallohu anhu aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta 
shayton odam farzandi qalbiga tumshug‘ini qo‘yib turadi, agar u Alloh taoloni eslasa
uzoqlashadi. Agar Alloh taoloni unutib qo‘ysa, qalbini yutib yuboradi», dedilar (Ibn Abud-
Dunyo rivoyati, zaif). 
Ibn Vazzox «Agar kishi qirq yoshga yetib tavba qilmasa, uning yuzini shayton qo‘li bilan 
silab qo‘yadi» (Ibn Vazzox rivoyati), degan hadis haqida aytdilar: «Otam fido bo‘lsin, bu 
najot topmaydigan kishining yuzidir». 
Go‘yo shahvatlar odam farzandining go‘shtiga va qoniga aralashib ketganidek
shaytonning hukmronligi ham go‘shti va qoni ichida yuruvchi hamda qalbning atrofini 
har tomonlama o‘rab oluvchidir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Albatta shayton odam farzandining qon yo‘lida yuradi. Uning yo‘llarini ochlik bilan 
toraytiringlar», dedilar. Chunki ochlik shahvatni sindiradi, shaytonning yo‘li esa 
shahvatlardir. Qalbning hamma tomonini shahvat qamrab olgani uchun Alloh taolo Iblis 
haqida xabar berib aytadi: 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling