Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
40 Tushuncha xohishni harakatga keltiradi. Negaki, niyat, qasd va xohish albatta xayolga kelgan narsa tushunilgandan keyin bo‘ladi. Ishlarning avvali tushunchalardir. So‘ngra tushuncha rag‘bat uyg‘otadi, rag‘bat qasd qilishni qo‘zg‘aydi, qasd qilish niyatni harakatga keltiradi, niyat esa a’zolarni ishga soladi. Rag‘batni qo‘zg‘atuvchi tushuncha oqibatda zarar qiluvchi yomonlikka chaqiradigan narsalarga va oxiratda foyda qiluvchi yaxshilikka chaqiradigan narsalarga bo‘linadi. Bular ikki tushuncha hisoblanib, ikki xil nomga muhtoj bo‘ladi. Avvalgisi maqtalgan tushuncha, bu ilhom, deyiladi. Yomonlangan tushuncha, ya’ni yomonlikka chiqiruvchisi esa vasvasa, deyiladi. Endi siz bu tushunchalar paydo bo‘luvchi ekanini bilasiz. Albatta har bir paydo bo‘luvchi narsaning paydo qiluvchisi ham bo‘ladi. Qachonki, hodisalar har xil bo‘lsa, bularning sabablari ham har xil bo‘lishiga dalolat qiladi. Bu Alloh taolo mavjud hodisalarni sabablari bilan birga yaratgani qonunidan ma’lum. Qachonki, uyning devorlari olov nuri bilan yoritilib, shifti esa tutun bilan qoraysa, bilasizki, albatta shiftning qorayish sababi yoritish sababidan emas. Xuddi shuningdek, qalb nurlari va zulmati uchun ham ikkita har xil sabab bor. Birinchisi -malak, deb nomlanmish yaxshilikka chaqiruvchi tushuncha. Ikkinchisi -shayton, deb nomlanmish yomonlikka chaqiruvchi tushuncha. Qalbni yaxshi ilhomlarni qabul qilishi uchun tayyorlab turadigan marhamat tavfiq, deb nomlanadi. Qalbni shayton vasvasalarini qabul qilish uchun tayyorlaydigan narsa ig‘vo va muvaffaqiyatsizlik, deyiladi. Albatta har xil ma’nolar uchun turlicha ismlar kerak. Farishta Alloh taolo maxluqotlaridan biri bo‘lib, uning ishi yaxshiliklarni to‘kish, ilm bilan foydalantirish, haqiqatni kashf qilish, yaxshilikni va’da qilish va yaxshilikka buyurishdir. Alloh taolo uni shuning uchun yaratib bo‘ysundirgan. Shayton Alloh taolo maxluqotlaridan bir maxluq bo‘lib, uning ishi yomonlikni va’da qilish, buzuqlikka buyurish, bir yaxshilikka qasd qilingan paytda kambag‘allik bilan qo‘rqitishdir. Vasvasa ilhomga muqobil bo‘ladi. Shayton farishtaga muqobil bo‘ladi. Tavfiq muvaffaqiyatsizlikka muqobil bo‘ladi. Bunga Alloh taoloning so‘zida ishora bordir: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling