Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 oilasini va xotin, bola-chaqasini eslataman, hatto u jangni tashlab qochib ketadi. Uchinchisi - nomahram ayol bilan birga o‘tirmoqdan o‘zingizni saqlang, chunki sizni unga, uni sizga yuborguchi elchilaringizman. Oralaringizda doim birga bo‘lib, sizni u bilan, uni siz bilan fitnalantirib qo‘yaman». Mana shu so‘zlari bilan shayton shahvat, g‘azab va ochko‘zlikka ishora qildi, chunki jangdan qochish dunyoga harislikdandir. Odam alayhissalomga o‘lganlarida sajda qilishdan bosh tortishi - bu hasaddir. Bu qalbga kirish eshiklarining kattalaridandir. Zikr qilinishicha, ba’zi avliyolar Iblisga: «Odam farzandiga qanday qilib ustun kelasan?» deyishganida, shayton: «G’azab va havoyi nafsga ergashgan paytida uni ushlayman», dedi. Hikoya qilinishicha, Iblis bir rohibga ko‘ringanida rohib undan: «Odam farzandining qaysi axloqi senga ko‘proq yordam beradi?» deb so‘rabdi. Shayton: «Jizzakilik, chunki agar banda jizzaki bo‘lsa, go‘dak to‘pni aylantirganidek, biz uni aylantiramiz», deb javob bergan ekan. Aytilishicha, shayton shunday derkan: «Odam farzandi qanday qilib mendan ustun kela olardi? Agar rozilik holatida bo‘lsa, kelib qalbiga o‘rnashib olaman. Agar g‘azabli holatida bo‘lsa, uchib boshiga o‘rnashib olaman». Yana katta eshiklardan biri hasad va ochko‘zlikdir. Qachon banda biror narsaga ochko‘zlik qilsa, uning ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lib qoladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sening bir narsaga bo‘lgan muhabbating ko‘r, kar qiladi», dedilar (Abu Dovud rivoyati, sanadi zaif). Shaytonning qalbga kirish o‘rinlarini esa faqat qalb ko‘zi biladi. Agar qalb ko‘zini hasad va hirs to‘sib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda hech narsani ko‘rolmay qoladi. Ana shu paytda shayton o‘ziga qulay fursat topadi. U hirs va shahvatga olib boradigan narsani, garchi u munkar va fahsh narsa bo‘lsa ham, chiroyli qilib ko‘rsatadi. Rivoyat qilinishicha, Nuh alayhissalom kemaga chiqqan vaqtlarida, Alloh u kishiga buyurganidek, jonivorlardan ikkitadan - erkak va urg‘ochi qilib oldilar. Kemada o‘zlari tanimaydigan bir keksa kishini ko‘rdilar. Unga: «Nima uchun kirding?» dedilar. U: «Do‘stlaring qalbini nobud qilish uchun kirdim. Ularning qalblari men bilan bo‘lib, badanlari sen bilan qoladi», dedi. Nuh alayhissalom unga: «Chiq bu kemadan, ey Allohning dushmani, chunki sen la’natlangansan», dedilar. Iblis aytdi: «Besh narsa borki, insonlarni ana shular bilan halok qilaman. Senga ulardan uchtasini aytib beray, lekin ikkitasini aytmayman», dedi. Alloh taolo Nuh alayhissalomga vahiy qilib: «U uch narsaga sizda hojat yo‘q, keyingi ikkitasini aytsin», dedi. Nuh alayhissalom unga: «U ikki narsa nima?» dedilar. Shayton: «Ular shunday narsalarki, meni yolg‘onchi qilib ham qo‘ymaydi, menga xilof ham qilmaydi. Ana shu ikki narsa bilan insonlarni halok qilaman. Ular hirs va hasaddir. Hasad bilan la’natlandim va quvilgan shaytonga aylandim. Ammo hirsga kelsak, Odam uchun jannatda har bir narsaning ruxsati berildi, faqat bir daraxtning ruxsati berilmadi. Bas, men harislik bilan unga daraxt mevasidan yedirib maqsadimga yetdim», dedi. Shaytonning katta eshiklaridan yana biri ovqatni garchi u pokiza va halol bo‘lsa ham, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling