Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 bo‘lganini bilishdan ojiz holda qaytib kelishdi. Iblisga bilolmadik, deyishdi. Iblis: «Men o‘zim xabarini bilib kelaman», dedi va jo‘nadi. So‘ngra kelib: «Batahqiq, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilib yuboribdi», dedi va shaytonlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga yubora boshladi. Ular noumid qaytib kelishar va: «Bularga o‘xshagan qavm bilan hech birga bo‘lmaganmiz. Ularga endi yetganimizda namozlariga turib ketishadi. Ulardan (biz yetkazgan vasvasalar) o‘chirib yuboriladi», deyishardi. Ularga Iblis: «Hali shoshilmanglar, balki Alloh taolo ularga dunyoni ochib berishi mumkin, ana shunda maqsadimizga yetamiz», dedi». Rivoyat qilinishicha, Iso alayhissalom bir kuni bir toshni yostiq qilib yotdilar. U kishining oldilaridan Iblis o‘tib: «Ey Iso, dunyoga rag‘bat qilib qoldingizmi?» dedi. Iso alayhissalom boshlari ostidan toshni otib yubordilar va: «Bu ham senga dunyo qatorida», dedilar. Haqiqatan ham uxlaydigan vaqtda yostiq qilish uchun bir toshga ega bo‘lgan kishi dunyodan shayton unga qurol qilishi mumkin bo‘lgan narsaga ega bo‘libdi. Masalan, kechasi namoz o‘qish uchun qoyim bo‘lgan kishining yaqinida yostiq qilishga bir tosh bo‘lsa, ana shu tosh doim uni uyquga va boshiga yostiq qilishga chaqirib turadi. Agar tosh bo‘lmasa, narsa ko‘ngliga kelmaydi va unda uyquga rag‘bat qo‘zg‘olmaydi. Bu gap tosh to‘g‘risida bo‘lyapti, ammo yumshoq yostiqlar, muloyim ko‘rpachalar, yaxshi, toza narsalarga ega kishi bilan shayton qanday munosabatda bo‘ladi!? U Alloh ibodati uchun qachon g‘ayrat qiladi? Shaytonning yana katta eshiklaridan biri baxillik va kambag‘allikdan qo‘rqishdir. Mana shu narsa insonni infoq-ehson qilish va sadaqa berishdan to‘xtatib qo‘yadi. Uni (mol- dunyo) to‘plashga va alamli azobga chaqiradi. Bu Qur’oni karimda aytilganidek, mol jamlashda bir-biri bilan musobaqalashayotgan kishilarga va’da qilingan azobdir. Xaysama ibn Abdurahmon aytdilar: «Shayton: «Odam farzandi mendan biror marta ustun kelolmadi. Bas, mendan uch o‘rinda hargiz ustun kelolmaydi: unga molni nohaq olishni, haqqidan boshqa joylarga sarflashni va haq bo‘lgan joylariga bermaslikni buyurmog‘imda», deb aytdi». Sufyon Savriy aytdilar: «Shaytonga kambag‘allikdan qo‘rqitishga ko‘ra zo‘r qurol yo‘q. Agar inson shaytonning mana shu qo‘rqitishini qabul qilsa, molni botil yo‘llardan topadi, haq joylarga sarflamaydi, havoyi nafsi buyurgan narsani gapiradi, o‘z Robbiga yomon gumon qiladi». Baxillikning sifatlaridan biri mol jamlash uchun bozorlarni kezishga o‘ch bo‘lishdir. Bozorlar esa shaytonlarning to‘planadigan joylaridir. Abu Amomaning rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Iblis yerga tushgan vaqtda «Ey Robbim, meni yerga tushirding va dargohingdan quvding, endi menga bir uy qilib ber», dedi. Alloh taolo unga: «Hammom», dedi. «Menga majlislar joyi qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Bozorlar va yo‘llarda (odamlar) to‘planadigan joylar», dedi. «Menga taom qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Sening taoming Alloh ismi zikr qilinmagan narsalar», dedi. «Menga ichimlik qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Har bir mast qiluvchi narsa», dedi. «Menga muazzin qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Ashulalar», dedi. «Menga Qur’on (ya’ni, o‘qigani kitob) qilib ber», dedi. Alloh taolo: «She’r», dedi. «Menga yozuv qilib ber», dedi. Alloh taolo: «(Badanga) naqsh (tatuirovka) qilish», dedi. «Menga gap qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Yolg‘on», dedi. «Menga tuzoqlar qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Ayollar», dedi» (Tabaroniy rivoyati, sanadi juda zaif). Yana uning katta eshiklaridan biri yo‘llarni va xohishlarni mutaassiblik bilan mahkam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling