Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
53 ushlab olish, xusumatchilarga (nisbatan ko‘nglida) gina saqlash, ularga past nazar bilan qarash va haqir sanashdir. Mana shular obidlarni ham, fosiqlarni ham halok qiluvchi narsalardir. Chunki insonlarga ta’na qilish, ularning kamchiliklarini zikr qilish bilan mashg‘ul bo‘lish insonga fitrat qilib berilgan yirtqichlik sifatlaridan biridir. Shayton o‘sha narsalarni haq, deb xayoliga keltirsa va tabiatiga ham muvofiq kelsa, undan halovat topishi qalbida ustunlik qiladi. U xursand va shod bo‘lib, o‘sha narsa bilan shug‘ullanishga butkul kirishib ketadi. O’zini din yo‘lida harakat qilayotgan kishi, deb o‘ylaydi. Vaholanki, u shaytonga ergashish yo‘lidan ketyapti. Masalan, shunday odamlardan birining Abu Bakr roziyallohu anhu yo‘llarini mahkam ushlab olganini ko‘rasiz. Zero, o‘zi harom yeyuvchi, ortiqcha gaplar va yolg‘onga tilini bo‘sh qo‘ygan, har xil fasod ishlarga beriluvchidir. Agar uni Abu Bakr roziyallohu anhu ko‘rganlarida dushmanining avvalgisi bo‘lardilar. Vaholanki, hazrat Abu Bakrning do‘stlari u kishining yo‘llarini o‘zlariga yo‘l qilib olgan, u kishining siyratlariga ko‘ra yura olgan, ikki jag‘ining o‘rtasidagi narsani (ya’ni, tilini) saqlay olgan kishidir. Tillarini befoyda so‘zlardan tiyib yurish uchun og‘izlariga mayda tosh solib olish Abu Bakr roziyallohu anhu siyratlaridandir. Bu xira kimsaning Abu Bakr siyratlariga ko‘ra hayot kechirmay, u zotni yaxshi ko‘rishni va do‘st tutishni da’vo qilishi qayoqda? Yana boshqa bir xiraning Ali roziyallohu anhu yo‘lini mahkam ushlab olganini ko‘rasiz. Vaholanki, Ali roziyallohu anhuning zuhd (dunyodan yuz o‘girishlari) va siyratlari shunday ediki, xalifalik paytlarida o‘zlariga uch dirhamga bitta ko‘ylak xarid qilib, yengini bilaklarigacha qirqib oldilar. Bu fosiqni esa ipak kiyimlar kiyib olgan va haromdan topgan mollari bilan ziynatlangan holda ko‘ramiz. Vaholanki, u Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rishni da’vo qiladi. Zero, hazrat Ali qiyomat kuni unga xusumatchi kishilarning eng birinchisi bo‘ladilar. Bundaylar haqida taxminim shunday: bir kishi boshqa bir inson uchun aziz bo‘lgan, ko‘zining qorachig‘i va qalbining parchasi farzandini tutib ura boshlasa, (badanini) parchalab tashlasa, sochlarini yulib, qaychi bilan qirqsa-da, shunday holatda bolaning otasini yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa, bolani otasi oldida kaltaklagan nima bo‘ladi? Din va shariat Abu Bakr (r.a.), Usmon (r.a.), Umar (r.a.), Ali (r.a.) hamda boshqa sahobalarning hammalariga ham ahli-bolalaridan-u o‘z nafslaridan-da yaxshiroqdir. Shariat gunoh hisoblagan amallarni qiluvchi kishilar esa shariatni parchalaydigan, shahvat qaychilari bilan kesib tashlaydigan, bu ishlari bilan Alloh va uning do‘stlarining dushmani Iblisni do‘st tutadiganlardir. Qiyomat kuni sahobalar va Allohning do‘stlari oldida ularning hollari qanday bo‘lishini ko‘rasiz. Agar parda ko‘tarilib, o‘sha insonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari ichidagi sahobalar nimalarni yaxshi ko‘rishini bilganlarida, o‘z ishlari qabih bo‘lgani uchun sahobalarning zikrini tillariga olmoqdan uyalishardi. So‘ngra shayton ularning xayoliga kim Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumlarni yaxshi ko‘rgan holida olamdan o‘tsa, unga do‘zax yaqinlashmaydi, degan fikrni keltiradi. Boshqa kishiga esa kim Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rgan holida olamdan o‘tsa, unga xavf bo‘lmaydi, deb xayol qildiradi. Vaholanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zot ham o‘zlarining bir parchalari bo‘lgan qizlari Fotima roziyallohu anhoga ham «Amal qil, chunki men seni Alloh taolo (tarafidan kelgan) biror narsadan ozod qilolmayman», deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Bu biz keltirgan misol havoyi nafslar qatoridandir. Shofe’iy, Abu Hanifa, Molik va Ahmad ibn Hanbal va boshqa imomlar (rahmatullohi alayhim)ga ham mutaassiblik qilib yopishib olgan kishilarning hukmlari xuddi shu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling