Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «(Ey Muhammad alayhissalom), sizga (Qur’on) vahiysi bitishidan ilgari qiroat qilishga shoshmang (balki farishta Jabroil Alloh tomonidan keltirgan oyatni
www.ziyouz.com kutubxonasi
51 dedilar (Imom Termiziy rivoyati). Alloh taolo aytadi: «(Haqiqatan) inson shoshqaloq holda yaralgandir» (Anbiyo surasi, 37-oyat). Yana aytadi: «Inson (Alloh taolodan) yaxshilik so‘rab duoi xayr qilgani kabi (goho siqilgan paytlarida) yomonlik tilab duoibad ham qilur. Inson (mana shunday) shoshqaloqdir» (Al-Isro surasi, 11-oyat). Yana Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga aytdi: «(Ey Muhammad alayhissalom), sizga (Qur’on) vahiysi bitishidan ilgari qiroat qilishga shoshmang (balki farishta Jabroil Alloh tomonidan keltirgan oyatni to‘la o‘qib bo‘lganidan keyingina qiroat qiling)» (Toha surasi, 114-oyat). Chunki ishlarni avval yaxshilab ko‘rib-bilgandan keyin qilinmog‘i lozim bo‘ladi. Uni yaxshilab ko‘rib-bilish esa taammul va xotirjamlik bilandir. Shoshqaloqlik taammuldan to‘sadi. Yana shoshilingan vaqtda shayton insonga bilmagan tomonidan yomonligini ko‘paytirib yuboradi. Batahqiq, Maryamning o‘g‘illari Iso alayhissalom tug‘ilganlarida shaytonlar boshliqlari Iblisning oldiga borib: «Butlarning oyoqlari osmondan bo‘lib qoldi», deyishdi. Shunda Iblis: «Bu ish yangilik, shu yerda turinglar», dedi-da, uchib ketdi. U yer yuzining ikki chekkasigacha ham aylanib chiqdi. Hech narsa topa olmadi. So‘ngra Iso alayhissalomning tug‘ilib bo‘lganlarini ko‘rdi. U kishini farishtalar o‘rab olishgan edi. Iblis shaytonlarning oldiga qaytib kelib aytdi: «Bu kecha bir payg‘ambar dunyoga keldi, chunki biron ayol homilador bo‘lib, keyin tug‘adigan bo‘lsa, albatta uning oldida bo‘lar edim. Ammo bu tug‘ilgan bolada bunday bo‘lmadi. Bu kechadan keyin butlarga ibodat qilinishidan umidlaringizni uzinglar, lekin odam farzandlarining oldiga shoshqaloqlik va yengiltaklik tomonlaridan boringlar». Shaytonning katta eshiklaridan yana biri dirham va dinorlar, turli matolar, ulovlar, yerlardan iborat mollardir, chunki oziqlanish va hojatdan ortiqcha har bir narsa shaytonning qarorgohidir. Insonda yegulikka yetarli narsa bo‘lsa, uning qalbi (har xil tashvishlardan) xoli bo‘ladi. Bir kishi yo‘ldan, masalan, yuz dinor topib olsa, qalbida o‘n xil shahvat paydo bo‘ladi. Ana shu shahvatlarning har biri yana yuz dinorga muhtoj bo‘ladi. Topilgan yuz dinor unga kifoya qilmaydi, balki yana to‘qqiz yuz dinorga muhtoj bo‘ladi. Ana shu yuz dinor topilmasdan oldin u behojat bir kishi edi. Endi yuz dinor topilgani uchun o‘zini boy kishiga aylangan deb o‘ylaydi. Batahqiq, endi uy sotib olib, uni obod qilish uchun, bir cho‘ri, uy jihozlari, yana po‘rim kiyimlar sotib olish uchun kerak bo‘ladigan to‘qqiz yuz dinorga ham muhtoj kishiga aylanib qoladi. Bu narsalarning har biri o‘ziga munosib boshqa narsalarni chaqiraveradi. Bu narsalarning oxiri yo‘q. Natijada oxiri jahannamning tubi bo‘lgan chuqurga tushib ketadi. Endi undan boshqa yo‘l yo‘q. Sobit ul-Banoniy aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar qilib yuborilgan vaqtlarda Iblis o‘z shaytonlariga: «Bir hodisa sodir bo‘ldi, borib nima bo‘lganini bilib kelinglar», dedi (Ibn Abud-Dunyo rivoyati). Ular jo‘nashdi. Va nima |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling