www.ziyouz.com kutubxonasi
35
«Axir Alloh ko‘ksini Islom uchun keng qilib qo‘ygan, bas, o‘zi Parvardigori
tomonidan bir nur - hidoyat ustida bo‘lgan kishi (kufr zulmatlarida adashib-
uloqib yurgan kimsa bilan barobar bo‘lurmi)?!» (Zumar surasi, 22-oyat) qavlidagi
kenglik haqida so‘rashdi. Shunda u zot aytdilar: «U bir kenglikki, albatta agar nur qalbga
tashlansa, ko‘ksi uni sig‘dirishga yetarli darajada kengayadi». Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam Ibn Abbos roziyallohu anhuni duo qilib aytdilar: «Ey Allohim, uni dinda
faqih qilgin va unga ta’vilni o‘rgatgin» (Imom Ahmad rivoyati, sahih). Ali roziyallohu
anhu aytadilar: «Bizning huzurimizda Rasululloh alayhissalom bizga maxfiy qilib aytgan
biror narsa yo‘q, faqat Alloh taolo bir bandaga
O’zining kitobini fahmlashni berib qo‘ymog‘i sirdir» («Qur’on tilovat qilish kitobi»da
kelgan). Bu esa o‘rganish bilan bo‘lmaydi. Alloh taoloning quyidagi:
«U O’zi istagan kishilarga hikmat (foydali bilim) beradi» (Baqara surasi, 269-
oyat) oyati tafsiri to‘g‘risida hikmat Alloh kitobini fahmlashlikdir, deyilgan.
Yana Alloh taolo aytadi:
«Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik» (Anbiyo surasi, 79-oyat).
Bu oyatda kashf bo‘lgan narsa «anglash» nomi bilan xoslab keltirildi. Abu Dardo:
«Mo‘min Allohning nuri bilan yupqa parda ortidan qaraydi. Allohga qasamki, albatta bu
haqiqatdir. Alloh taolo uni avval mo‘minlarning qalbiga tashlaydi, so‘ngra tillariga joriy
qiladi», deb aytardilar. Ba’zi salaflar dedilar: «Mo‘minning gumoni bashorat qilishdir».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minning farosatidan qo‘rqinglar, chunki u
Alloh taoloning nuri bilan qaraydi», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Bunga Alloh taoloning quyidagi oyatida ham ishora bor:
«Albatta bunda mo‘minlar uchun oyat-ibrat bordir» (Hijr surasi, 75-oyat).
Alloh taolo aytdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |