Olamlar Parvardigori Allohga xamdu sanolar,Payg`ambarlar xotami Muhammad (S. A. V)ga tahmatu salomlar bo`lsin!


Download 0.74 Mb.
bet1/9
Sana28.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1301237
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUQADDIMA


MUQADDIMA
Olamlar Parvardigori Allohga xamdu sanolar,Payg`ambarlar xotami Muhammad (S.A.V)ga tahmatu salomlar bo`lsin!
Aziz o`quvchimga “Tavba ” risolalari turkumidan birinchi kitobni taqdim qilayotirman.U yaxshiliklarni barbod qiluvchi, yomonliklarni keltiruvchi, vaqtlarni zoye ketkazuvchi bir iflos kasallik xususida so`zlaydi. Bu- g`iybat kasalligi. Diniy nazoratning yetishmasligi, xayotning qulayliklari, bo`sh vaqtlarning ko`pligi uning avj olishiga sabab bo`lmoqda. Bu ishda bog`lanish-aloqalarni osonlashtiruvchi telefonning xam o`ziga yarasha xissasi bor.
Xar narsadan oliy va xar narsaga qodir Alloxdan duo qilib so`raymanki, shu jajjigina risola bilmaganga bildiruvchi, uyqudagini uyg`otuvchi, ezguligu-tavba eshigini ochuvchi bo`lsin! Allox ishlarimizni xolis o`zining muborak yuzi uchungina bo`lishligini muyassar aylasin!
KIRISH
Aziz birodarim, bilingki, tilini tiygan odamning xatosi kam, tizgini o`z qo`lida, o`zi esa xavf-xatardan xoli bo`ladi. Bunday odamga Payg`ambar alayxi salom Jannatning kafolatini berganlar:
Kim menga ikki soqolining va ikki oyog`ining orasiga kafolat bersa, men unga Jannatning kafolatini beraman”. Ikki soqol orasi bu- til.
Imom Navaviy aytadilar (Alloh u kishini rahmat qilsin):
Bilingki, xar bir musulmon tilini xar qanday foydasz gapdan tiymog`i lozim. Agar bir gapni foydasiz aytishu aytmaslikning foydasi teng bo`lsa uni aytmaslik sunnatdir. Zero gohida mubox gap xarom yoki makruh gapga aylanib ketadi. Odatda bunday ishlar ko`p bo`ladi. Salomatlikka nima yetsin!”
Kimning tili to`gri bo`lsa boshqa a`zolari xam to`g`ri bo`ladi. Agar til osiylik qilib odamlarning obro`sini to`kish ko`chasiga kirsa, boshqa a`zolari xam unga ergashib Allox belgilab qo`ygan xududlarni toptaydilar. Payg`ambar (A.S) shunday deganlar:
Odam bolasi ertalab o`rnidan turganida uning xamma a`zolari tilga egilib shunday deydilar: Biz xususimizda Alloxdan taqvo qilgan. Zero biz sen bilan birgamiz. Agar to`g`ri bo`lsang to`g`ri bo`lamiz, egri bo`lsang egri bo`lamiz”.
Xadisdagi “egilib” so`zining arabchasi “tukaffiru” bo`lib kelgan. Imom Nabaviy (R.A) “egilib”, “o`zini past olib”, “ bo`yin egib” ma`nosida deganlar. Imom Nabaviy esa: “Bu so`z a`zolarning tilni ne`matllarga nonko`r bo`lish manziliga tushirishdan kinoya-” deydilar.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling