G`iybat va tilni g`iybatdan saqlash xususida vojib bo`lgan oyatlaru xadislarni eslamoq lozim.
Payg`ambar (A.S): “Bilaszlarmi? Xonavayron, qarzdor-muflis kim?, deb so`radilar. Saxobalar: “Biz puli xam, narsasi xam yo`q odamni xanavayron muflis odam deymiz”, dedilar. Shunda payg`ambar (A.S): “Ummatimning xonavayron, qarzdor-muflisi shunday kimsadirki u qiyomat kuniga namozi,ro`zasi,zakotini olib kelur. Ayni paytda bir odamni xaqorat qilgan, yana biriga tuxmat qilgan birovni molini yegan, yana birov noxaq qonini to`kkan, yana birovni esa urgan bo`ladi. Bu kimsalarga uning yaxshi amallari savobidan berilur. Qarzni to`lab bo`lmay turib, yaxshiliklari savoblari tugab qolsa ularni xatolaridan olinib uning ustiga yuklanur. Keyin o`zi do`zaxga tashlanur”. Dedilar.
G`IYBATNI TO`XTATISHNING FAZLI
G`iybatni shoxidi bo`lgan muslmon uni darxol t`oxtatib birodarini obro`sini saqlab qolmog`I lozim. Bu ish nafli emas, vojibdir. Agar qilinmasa ertami-kech jazosini tortadi. Bu vazifani ad qilgan kimsaning fazli xususida yorqin dalillar vorid bo`lgan. Yazidning qizi Asmoning rivoyat qilinishicha payg`ambar (A.S) shunday deganlar: “Kimki do`stining obro`sini o`zi yo`qligida ximoya qilsa uni do`zaxdan ozod qilish Allohning ustidagi xaq b`olib qoladi”.
Yana payg`ambar (A.S) shunday deydilar: “Kimki birodarlarini obro`sini saqlasa Alloh ta`olo qiyomat kuni uni do`zaxdan saqlaydi”. (Termiziy rivoyati).
Birodarim! G`iybatga quloq slogan odam uning gunoxiga sherikdir. Iloji bo`lsa tili bilan bo`lmasa dili bilan qaytarmoq lozim. Qodir bo`la turib qaytarmasa gunoxkor bo`lur. Tili bilan “Jim bo`l,” deyishiyu, ichida o`zi xoxlab turishi munofiqlikdur. Qo`li, qoshi yo peshonasi bilan ishora qilish kifoya qilmaydi. Ochiqchasiga qaytarmoq lozim.
Payg`ambar (A.S) ayatdilar: “Kimning oldida bir mo`min xorlansa va u yordam berishga qodir bo`la turib yordam bermasa, uni Alloh qiyomat kunida xamma xaloyiqlar qoshida xorlaydi”.
Birodarim ! g`iybatchining majlislarni kirlatishga, obro`larni to`kishga yo`l qo`ymang. Musulmonlarning sharafini ximoya qiling. Shoyad siz yo`q bo`lib o`sha g`iybatchi go`shtingizni yemoqchi bo`lganda siz uchun xam bir ximoyachi topilib qolsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |