G`ibatning bundan boshqa sabablari xam bor.
MUBOX G`IYBAT
G`iybatsiz erishib bo`lmaydigan bir shar`iy maqsad uchun g`iybat qilish mubox. Buning sabbalari oltita:
Sulton yoki qoziga arzni aytayotgan paytda. Masalan, falonchi menga zulm qildi, deyish mumkin.
Bir munkar ishni o`zgartirishga yordam so`rash maqsadida. Masalan, falonchi falon ishni qilib yurbdi, uni tiyib qo`ygin,deyish mumkin.
Fatvo so`rash. Masalan, muftiyga borib otam yoki onam menga falon zulm qildilar. Undan xalos bo`lish uchun nima qilishim kerak?. Ammo bunda bir odamga otasi yoki onasi zulm qilsa qabilida gapirsa yahshi bo`ladi.
Musulmonlarni yomonlikdan ehtiyotlantirish. Masalan, roiy (xadisni rivoyat qiluvchi) yoki guvoxning aybini bils aytib qo`yish. Bu ish joizgina emas, balki vojibdir. Qanchalik yoki sherikchilik ishlarida xam aybini yashirmasdan aytishlik.
Bir odam fisqu-fujur ishlarni xech kimdan, yashirmasdan ochiqchasiga qilayotgan bo`lsa uni gapirish mumkin.
Aniqlik kiritish. Masalan, birov ko`r, kr yoki soqov laqabi bilan tanilgan bo`lsa, uni aytish mumkin. Uning boshqa bir xurmatli sifati aytilib, aniqlik kiritilsa yaxshiroq bo`ladi.
G`IYBATNING KAFFORATI
G`iybat xaromdir, gunoxi kabiradir uning kafforati xususida olimlar ixtilof qilganlar. Unga tavba qilish kerakligi xususida esa muttafaqirdirlar.
Tavbaning uchta sharti bor:
Gunoxdan tiyilish.
Qilgan ishidan pushaymon bo`lish.
Qaytib qilmaslikka qaror qilish.
G`iybatdan tavba qilishning to`rtinchi sharti xam bor chunki g`iybatchi ikkita jinoyat qiladi.
Birinchidan, u xarom ishni qilib Allohning xaqqiga jinoyat qiladi. Uning kafforati tavba va pushaymon qilish.
Ikkinchidan u maxluqning xaqqiga jinoyat qiladi. Bunda agar aytgan gapi o`sha odamning qulog`iga yetib borgan bo`lsa, undan kechirim so`rab qilgan ishidan pushaymonligini izxor qiladi, agar g`iy bati uning qulog`iga yetib bormagan bo`lmasa, gapirib o`tirmaydida g`oyibona uning xaqqiga istig`for aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |