Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

«Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. 
Lekin U Zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar» (Haj surasi, 37-oyat). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Gunoh qalblarni egallab oluvchidir», dedilar 
(«Ilm kitobi»da kelgan). Yana: «Yaxshilik qalb taskin topadigan narsadir, garchi senga 
fatvo berishsa ham, senga fatvo berishsa ham», dedilar (Tabaroniy rivoyati). Aytamizki, 
fatvo beruvchi qalb bir narsaning ijobiyligiga hukm qilsa, unda xato qilgan bo‘lsa ham, 
savob oladi. Hattoki, agar bir inson tahorat qildim, deb o‘ylaydigan bo‘lsa, unga namoz 
lozim bo‘ladi. Agar namoz o‘qib bo‘lganidan keyin tahorat qilmagani esiga tushib qolsa, 
o‘qigan namoziga savob oladi. Agar esiga tushganidan keyin uni tark qilsa (ya’ni, 
qaytadan o‘qimasa), bu ishi tufayli jazolanadi. Yana kim to‘shagida bir ayolni o‘zining 
xotini deb o‘ylab, u bilan birga bo‘lsa, osiy bo‘lmaydi, garchi u yot ayol bo‘lsa ham. Agar 
uni yot xotin deb o‘ylab turib, u bilan birga bo‘lsa, garchi xotini bo‘lsa ham, osiy bo‘ladi. 
Bularning hammasi a’zolar e’tibori bilan emas, balki qalbga e’tiboran bo‘ladi. 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
Alloh zikr qilingan paytda vasvasalar butkul yo‘q bo‘lib ketishi tasavvur 
qilinadimi yoki yo‘qmi? 
Bilingki, qalbning sifatlari va ajoyibotlariga qarab uni farqlovchi ulamolar bu masalada 
beshga bo‘linadilar. Birinchi firqa aytadi: «Alloh azza va jallani eslash bilan vasvasa 
yo‘qoladi, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Agar Alloh eslansa, 
uzoqlashadi», deganlar, bu uzoqlashish sukut saqlab turishidir. Demak, go‘yo sukut qilib 
turgandek bo‘ladi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati). 
Ikkinchi firqa aytadi: «Vasvasaning asli yo‘q bo‘lib ketmaydi, qalbda yuraveradi-yu, lekin 
ta’siri bo‘lmaydi. Chunki qalbni zikr qamrab olsa, vasvasaning ta’siri to‘sib qo‘yiladi. Bu 
o‘z g‘ami bilan mashg‘ul kishiga o‘xshash, chunki gohida unga gapiriladi, garchi ovoz 
qulog‘i oldidan o‘tib ketsa ham, u tushunmaydi». 
Uchinchi firqa aytadi: «Vasvasa va uning ta’siri ham soqit bo‘lmaydi, lekin uning qalbga 
g‘olib kelishi soqit bo‘ladi. Go‘yo u uzoqdan zaiflik bilan vasvasa qiladi». 
To‘rtinchi firqa aytadi: «Alloh eslangan paytda vasvasa bir lahza yo‘q bo‘lib turadi. 
Eslash ham bir lahza yo‘q bo‘lsa, vasvasa yana paydo bo‘ladi, ular tez-tez o‘rinlarini 
almashtirib turishadi. Ikkalasi (zikr va vasvasa)ning vaqti bir-biriga yaqinligidan ular bir-
biriga yaqin yuradilar, deb gumon qilinadi. Vaqt har xil nuqtalari bor koptokka o‘xshaydi, 
chunki koptokni tezlik bilan aylantirsangiz, nuqtalarning muttasil harakatlanayotganini 
ko‘rasiz». Bu guruh ulamolari: «Albatta uzoqlashish vorid bo‘lgan. Biz vasvasani zikr 
bilan birgalikda ko‘ryapmiz, biri yo‘q bo‘lsa, ikkinchisi paydo bo‘ladi, deyishdan boshqa 
chora yo‘q», deb dalil qilishadi. 
Beshinchi firqa aytadi: «Vasvasa va zikr doim qalbda uzluksiz holda yonma-yon turib 
birgalikda harakat qiladi, inson ikki ko‘zi bilan bir vaqtda ikki narsani ko‘radi. Xuddi 
shuningdek, qalb ham ikki narsa joriy bo‘ladigan joydir». 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir banda bo‘lmasin, albatta uning uchun 
to‘rtta ko‘z bordir. Ikkita ko‘z boshidadir, bu ikkisi bilan dunyo ishlarini ko‘radi. Yana 
ikkita ko‘z uning qalbidadir, bu ikkisi bilan din ishlarini ko‘radi», dedilar (Daylamiy «din» 
lafzi o‘rniga «oxirat» lafzi bilan rivoyat qilgan). Muhosabiy ham shu fikrga borganlar. 
Nazdimizda bu yo‘llarning hammasi ham to‘g‘ri, lekin ularning har biri vasvasa turlarini 
anglashdan qosirdir. Albatta ulardan har biri vasvasaning bir xil turiga qarab bu haqda 
xabar bergan. 
Vasvasalar bir necha xil bo‘ladi. Birinchisi - haq bilan chalkashtirish jihatidan, chunki 
shayton albatta haq bilan chalkashtiradi. Insonga: «Lazzatlardan baxra olishni tark 
qilasanmi? Umr uzun. Umr bo‘yi shahvatlardan o‘zini tiyib yurish azobi juda kattadir», 
deydi. Mana shu paytda banda Alloh taolo haqqining kattaligini, savob va iqoblarning 
ham ulkanligini eslab, o‘z nafsiga sabr qilib shahvatlardan tiyilish qiyin, lekin do‘zaxda 
sabr qilib turish undan ham qiyinroqdir, ikkisidan birini tanlash lozim, deb Alloh taolo 
va’dalari va va’idlarini eslasa, iymon va ishonchini yangilaydigan bo‘lsa, shayton 
uzoqlashadi va qochib ketadi. Zero, shayton insonga «Do‘zax gunoh qilmay sabr 
qilishdan ko‘ra yengilroq», deb aytishga qodir bo‘lmaydi va «Ma’siyat do‘zaxga olib 
bormaydi», deb ayta olmaydi.


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling