Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
68 emas. Lekin umr bo‘yi undan xalos bo‘lib yurish juda qiyin va mumkin bo‘lmagan ishdir. Agar xayollar va rag‘batni qo‘zg‘atish bilan bo‘ladigan shaytonning vasvasasidan biron kishi qutula olganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan qutulgan bo‘lardilar. Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda kiyimlarining belgisiga qaradilar, salom bergan vaqtlarida ana shu kiyimni otib yubordilar va: «Menga namozda xalaqit berdi. Uni Abu Jahmga eltib beringlar va menga uning anbijoniyyasini (tikilgan libosini) keltiringlar», dedilar («Namoz kitobi»da kelgan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llarida tilladan yasalgan uzuk bor edi, minbarda turganlarida unga nazarlari tushdi. So‘ngra uni otib yubordilar. Va: «Unga bir qarash, sizlarga bir qarash (sodir bo‘ldi)», dedilar (Nasaiy rivoyati). Bu holat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamda shayton tilla uzuk va kiyimning belgisiga qarash lazzatini qo‘zg‘ash bilan vasvasa qilgani uchun bo‘ldi. Bu holat tilla harom bo‘lishidan oldin bo‘lgandi. Shuning uchun taqdilar-u, so‘ngra otib yubordilar. Dunyo matolarining va pullarining vasvasasi faqat uni otib yuborish, undan ajrash bilangina uziladi. Modomiki, hojatidan tashqari bir dinorga ega bo‘lsa ham, namozida shayton o‘sha dinor to‘g‘risida fikrlashga vasvasa qilishdan to‘xtamaydi, ya’ni dinorni qanday saqlashi, uni nimaga ishlatishi, hech kim bilmasligi uchun uni qanday yashirib qo‘yishi yoki u bilan faxrlanishi uchun uni qay holatda oshkor qilish va yana boshqa vasvasalar bilan (uni bezovta qiladi). Endi qaysi bir inson tirnoqlarini dunyoga botirib olgan holda shaytondan qutulishni umid qilsa, go‘yo asalga belanib olib menga pashsha qo‘nmaydi, deb gumon qilgan kishiga o‘xshaydi. Bu esa mumkin bo‘lmagan bir holatdir. Dunyo shayton vasvasasi uchun juda katta eshikdir. Shayton vasvasasi uchun birgina eshik emas, balki ko‘pgina eshiklar bor. Hukamolardan birlari aytgan: «Odam farzandiga shayton gunoh ishlar tomonidan keladi, agar gunohdan bosh tortsa, uning oldiga nasihat qilish uchun keladi. Uni hatto bir bid’at ish qilishga majburlaydi. Agar bundan ham bosh tortsa, gunoh qilishdan o‘zini tiyishda qattiq turishga buyuradi. Hatto harom bo‘lmagan narsalarni o‘ziga harom qiladi. Agar bundan ham bosh tortsa, tahoratida va namozida uni shaklantirib qo‘yadi, hatto qancha o‘qiganini bilmay qoladi. Agar bundan ham bosh tortsa, yaxshi ishlarni unga yengil qilib qo‘yadi. Hatto odamlar uni sabrli va pok tanli deb o‘ylashadi, qalblari unga moyil bo‘ladi. Ana shunda u o‘z nafsiga yuqori baho beradi, shu bilan uni halok qiladi. Mana shu holatga kelganda shaytonning uni talab qilishi kuchayadi, chunki bu insonni aldashning oxirgi bosqichidir. Agar inson shundan o‘tib ketsa, albatta undan qutulib jannati bo‘lib qoladi». Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling