Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz»
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «(Ey Muhammad alayhissalom), avf-marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring»
«Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz» (Qalam surasi, 4-oyat).
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari Qur’on edi» (Imom Muslim rivoyati). Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan husni xulq haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu oyatni o‘qidilar: «(Ey Muhammad alayhissalom), avf-marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof surasi, 199-oyat). So‘ngra Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «U (ya’ni, husni xulq) sizdan (bordi-keldini) uzib qo‘ygan kishiga silai-rahm qilishingiz, sizni mahrum qilgan kishiga berishingiz va zulm qilgan kishini avf qilishingizdir» (Ibn Mardavayh hasan sanad bilan rivoyat qilgan). Yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta men chiroyli xulqlarni mukammal qilish uchun yuborildim», dedilar (Imom Ahmad rivoyati). Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida taroziga qo‘yiladigan narsalarning og‘irrog‘i Allohdan qo‘rqish va husni xulqdir» (Imom Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan). Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Husni xulq», dedilar. U kishi o‘ng tomonlaridan kelib yana: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. U kishi yana: «Husni xulq», dedilar. So‘ngra chap tomonlaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. U zot yana: «Husni xulqdir», dedilar. So‘ngra orqalaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga o‘girilib: «Tushunmayapsanmi, din- g‘azab qilmasliging», dedilar (Muhammad ibn Nasr Marvaziy rivoyati). Rasululloh Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 76 sollallohu alayhi vasallamga «Baxtsizlik nima, ey Rasululloh?» deyildi. «Yomon xulq», dedilar (Imom Ahmad rivoyati, sahih emas). Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Menga nasihat qiling», dedi. «Qaerda bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yomonlik orqasidan yaxshilik qil, u yomonlikni o‘chiradi», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. «Insonlarga chiroyli xulq bilan muomalada bo‘l», dedilar (Imom Termiziy rivoyat qilgan va hasan, sahih, degan). Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan «Amallarning qaysi biri afzalroq?» deb so‘raldi. U zot: «Chiroyli xulq», dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo bir bandaning yaratilishi va xulqini chiroyli qilib, uni do‘zaxga yemish qilib bermaydi» («Suhbat odobi kitobi»da kelgan). Fuzayl aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Falon ayol kunduzi ro‘za tutib, kechalari qoyim bo‘ladi-yu, lekin uning xulqi yomon, qo‘shnilariga tili bilan ozor beradi», deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unda yaxshilik yo‘q, u do‘zax ahlidandir», dedilar». Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Taroziga eng avval qo‘yiladigan narsa chiroyli xulq va saxiylikdir», deganlarini eshitdim» (Abu Dovud va Termiziy boshqa lafz bilan rivoyat qilishgan. Imom Termiziy buni g‘arib, degan). Alloh taolo iymonni yaratgan vaqtida iymon Unga «Meni quvvatlagin», dedi, Alloh uni chiroyli xulq va saxiylik bilan quvvatlab qo‘ydi. Alloh taolo kufrni yaratgan vaqtida kufr Unga «Meni quvvatlab qo‘ygin», dedi, Alloh uni baxillik va yomon xulq bilan quvvatlab qo‘ydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh taolo bu dinni O’ziga tanlab oldi. Diningiz uchun saxiylik va chiroyli xulqqina munosib bo‘ladi, ogoh bo‘ling, bu ikki narsa bilan diningizni ziynatlang» (Doraqutniy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deydilar: «Husni xulq Alloh taoloning eng buyuk maxluqidir» (Tabaroniy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). «Qaysi mo‘minning iymoni afzalroq, ey Rasululloh?» deyildi. U zot: «Ularning xulqi chiroylirog‘i», dedilar (Imom Termiziy va Nasaiy rivoyatlari). Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Albatta sizlar insonlarni mollaringiz bilan zabt eta olmaysizlar. Bas, ularni ochiq yuz va chiroyli xulq bilan egallanglar» (Bazzor va Abu Ya’lo rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sirka asalni buzganidek, yomon xulq amalni buzadi», dedilar (Ibn Hibbon rivoyati, Ibn Jarir zaif, degan). Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Albatta Alloh taolo yaratilishingizni chiroyli qilib qo‘ygan kishilarsiz, endi xulqingizni ham chiroyli qiling» (Xaroitiy rivoyati). Baro ibn Ozibdan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng yuzi chiroylisi va eng xulqi go‘zali edilar» (Xaroitiy hasan sanad bilan rivoyat qilgan). Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, Sendan salomatlik, ofiyat va husni xulqni so‘rayman», deb ko‘p duo qilar edilar» (Xaroitiy rivoyati). Abu Mas’ud Badriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida «Ey Allohim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling