Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 NAFSNI TARBIYALASH, AXLOQNI TUZATISH VA QALB KASALLIKLARINI DAVOLASH HAQIDAGI MUHLIKOT QISMIDAN IKKINCHI KITOB Ishlarni o‘z tadbiri bilan tasarruf etib turgan, maxluqotning jismini to‘g‘ri, suratini chiroyli qilgan, inson suratini ham chiroyli shakl va o‘lchamda ziynatlab qo‘ygan, uning shakli va o‘lchami borasida ziyoda va nuqsonli bo‘lishidan saqlagan, xulqlarni chiroyli qilishni bandaning ijtihodi va harakatiga topshirib qo‘ygan, yana bandani qo‘rqitish va ogohlantirish bilan xulqlarini tuzatishga undagan, O’z tavfiqi va osonlashtirishi bilan xos bandalariga xulqlarini tuzatishni yengil qilgan, ularni mushkul va mashaqqatli narsalarni yengil qilish bilan taqdirlagan Zotga hamdlar bo‘lsin! A’zolarining har bir chizig‘idan payg‘ambarlik nurlari zohir bo‘lib turadigan, xislatlaridan va ko‘rinishlaridan Haqning haqiqati aks etib turadigan, Allohning bandasi, Uning payg‘ambari, habibi va tanlab olgani, Uning xursandlik xabarini beruvchisi va qo‘rqituvchisi bo‘lgan Muhammad alayhissalomga hamda Islom yuzini kufr zulmati va qorong‘iligidan poklagan, botilning vositalarini yanchib tashlab, uning ozi yoki ko‘pi bilan o‘zlarini kir qilmagan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oilalariga va ashoblariga salovotlar bo‘lsin. Hamdu sanodan so‘ng so‘z boshlab aytamizki, chiroyli xulq payg‘ambarlar sayyidining sifatidir va siddiqlarning eng afzal amalidir. Darhaqiqat, chiroyli xulq dinning yarmi, obidlarning riyozatlari natijasi va taqvodorlarning sa’y-harakatlari samarasidir. Yomon xulqlar esa zahri qotil, shubhasiz halok qiluvchi, sharmandalikka boshlovchi, ochiq-oydin bemaza qiliqlar bo‘lib, olamlarning Robbiga yaqin bo‘lishdan uzoqlashtiruvchi va sohibini shaytonlar yo‘lida xizmatga kirgizib qo‘yuvchidir. Yana u Alloh taoloning yuraklargacha yetib boradigan tarzda yoqib qo‘yilgan do‘zaxiga ochilgan eshiklardir. Chiroyli xulqlar esa qalbdan jannat ne’matlariga va Rahmonga yaqin bo‘lish sari ochib qo‘yilgan eshiklardir. Xunuk xulqlar qalblarning xastaligi, nafslarning kasalligidir. Albatta u abadiy hayotni yo‘q qiladigan kasallikdir. Buning oldida jism hayotining o‘zigagina ta’sir qiladigan kasallik hech narsa bo‘lmay qoladi. Tabiblar qanday bo‘lsa ham, badanlarni davolash qoidalarini aniqlash bilan shug‘ullanishga qattiq kirishishgan. Holbuki, badan kasalligida faqat foniy hayotni yo‘qotish bo‘ladi, xolos. Kasalligida boqiy hayotni yo‘qotadigan qalb kasalliklarini muolaja qilish qoidalarini aniqlash bilan shug‘ullanish afzalroqdir. Tabobatning bu xilini o‘rganish har bir aql egasiga vojibdir. Zero, biron-bir qalb kasalliklardan xoli emas. Agar e’tiborsizlik qilinsa, kasalliklar orqama-orqa kelib qalbga to‘planadi va namoyon bo‘ladi. Demak, banda qalb kasalliklarini va ularning sabablarini bilishda hushyor bo‘lishi, so‘ngra uni davolab tuzatishga harakat qilishi lozim. Uni davolash esa Alloh taoloning mana bu oyatidagi kalomidan bo‘lgan muroddir: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling