Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
75
Uni davolashga e’tiborsizlik qilish esa mana bu oyatdan muroddir:
«Va u (jonni fisq-fujur bilan) ko‘mib xorlagan kimsa nomurod bo‘ldi» (Vash-
shams surasi, 10-oyat).
Biz bu kitobda qalb kasalliklaridan
bir nechasiga murojaat etib, ularning xususiyatlarini
davolash tafsilotini keltirmasdan, balki uni butkul davolash to‘g‘risida
qanday gaplar
borligiga ishora qilamiz. Chunki uning tafsilotlari Muhlikot bobining boshqa kitoblarida
keladi. Hozirgi maqsadimiz esa xulqlarni tuzatish va uning yo‘llarini osonlashtirish
haqidagi har bir narsaga nazar qilishdir. Biz shularni zikr qilamiz.
Buni tushunish oson
bo‘lishi uchun badanni davolashni misol qilib keltiramiz. Bu esa chiroyli xulqning fazilatini
va haqiqatini bayon qilish bilan ayon bo‘ladi. So‘ngra yana tarbiya tufayli axloqlar
o‘zgarishni
qabul qila olishini, husni xulqqa erishtiradigan sababni, xulqlarni tuzatishga
va nafslarni tarbiyalashga olib boradigan yo‘llarning tafsilotini
bilish vositalarini, qalb
kasalliklarini ko‘rsatadigan alomatlarni, inson ayblarini bilib oladigan yo‘llarni, qalbni
davolash yo‘li shahvatlarni tark qilishdan boshqa narsa
emasligiga naqliy dalillarni,
chiroyli xulq alomatlarini, go‘daklarni avvalgi chog‘larida tarbiyalash yo‘llarini, irodani va
boshda qilinadigan harakatlarning shartlarini bayon qilish bilan ravshan bo‘ladi. Bu o‘n
bir fasldan iborat bo‘lgan, maqsadlarimizni jamlay
oladigan kitobdir, inshaallohu taolo.
Husni xulqning fazilati va yomon xulqning mazammati bayonida
Alloh taolo payg‘ambari va habibiga maqtov aytgan holda va u kishidagi O’z ne’matini
zohir qilgan holda aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: