Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
yaratilishimni chiroyli qilding, endi xulqimni ham chiroyli qilgin», der edilar» (Xaroitiy 
rivoyati). 
Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib 
aytadilar: «Mo‘minning ulug‘ligi uning dinidir, obro‘si chiroyli xulqidir, sha’n-shavkati 
aqlidir» (Ibn Hibbon rivoyati). Usoma ibn Sharikdan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: 
«A’robiylarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bandaga berilgan narsaning eng 
yaxshisi haqida so‘rayotganlariga guvoh bo‘ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
ularga: «Chiroyli xulq», dedilar» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan). 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida menga eng suyukli 
va makoni yaqiningiz xulqi chiroylirog‘ingizdir» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan). 
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Uchta xislat borki, kimda shu xislatlarning hammasi yoki birontasi bo‘lmasa, 
uning amalidan biror narsani hisobga olmanglar. (Birinchisi) Allohga osiy bo‘lishdan 
to‘sib turadigan taqvo, (ikkinchisi) aqlsiz kishilarni to‘xtatib qoladigan halimlik, 
(uchinchisi) xulq - insonlar orasida u bilan muomala qilinadi» (Xaroitiy zaif sanad bilan 
rivoyat qilgan). 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namozni boshlashdagi duolaridan: «Ey 
Allohim, meni chiroyli xulqlarga hidoyat qilgin, uning eng chiroylisiga Sengina hidoyat 
qila olasan va mendan uning yomonlarini burib yuborgin, uning yomonlarini Sengina 
burib yubora olasan» (Imom Muslim rivoyati). Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kuni 
biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lgan paytimizda «Albatta husni 
xulq go‘yo quyosh muzni eritganidek, xatolarni eritib yuboradi», dedilar (Xaroitiy zaif 
sanad bilan rivoyat qilgan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chiroyli xulq 
kishining baxtidandir», deb aytdilar (Bayhaqiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Yana 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baraka chiroyli xulqdadir», dedilar» (Xaroitiy zaif 
sanad bilan rivoyat qilgan). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Abu Zarr roziyallohu anhuga: «Ey Abu Zarr
tadbirga o‘xshash aql yo‘qdir va chiroyli xulqqa o‘xshash obro‘-martaba ham yo‘qdir», 
dedilar (Ibn Hibbon rivoyati). Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ummu Habiba 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdi: «Menga xabar bering-chi, agar ayol kishi 
dunyoda ikki er qilgan bo‘lsa, u olamdan o‘tsa, ikki eri ham olamdan o‘tishgan bo‘lsa, 
hammalari jannatga kirishsa, ayol qaysi biriga bo‘ladi?» Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Dunyoda ayol bilan yashaganida chiroyli xulqli bo‘lganiga bo‘ladi. Ey Ummu 
Habiba, chiroyli xulq dunyo va oxirat yaxshiliklarini olib ketdi (ya’ni, hamma yaxshilik 
chiroyli xulqdadir)», dedilar» (Bazzor, Tabaroniy va Xaroitiy zaif sanad bilan rivoyat 
qilishgan). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana aytdilar: «Albatta to‘g‘ri yo‘lga solingan 
musulmon kishi chiroyli xulqi va martabasining ulug‘ligi bilan qoim ro‘zadorning 
darajasiga yetadi» (Imom Ahmad rivoyati). Boshqa bir rivoyatda «...issiq kunlardagi 
chanqoq (ro‘zador) darajasini topadi», deyilgan. 
Abdurahmon ibn Samura aytadilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlarida edik. U kishi: «Men o‘tgan kechada ummatimdan bir kishini tiz cho‘kib 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling