Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Husni xulq va yomon xulqning haqiqatlari bayoni
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
Husni xulq va yomon xulqning haqiqatlari bayoni
Bilingki, insonlar husni xulqning haqiqati va uning nimaligi to‘g‘risida ko‘p gapirishadi. Uning haqiqati haqida ular mufassal gapirishmagan, balki samarasiga aloqador gaplarni aytishgan. Shunda ham samaraning hammasini mukammal aytishmagan, balki ulardan har biri samaradan esiga kelganini va fahmi yetganini zikr qilgan. Uning haddi va bor samarasini qamrab oluvchi haqiqatini batafsil va mukammal zikr qilishga fikrlarini burishmadi. Bu Hasan Basriyning quyidagi gaplariga o‘xshaydi: «Husni xulq ochiq yuzli bo‘lish, molni sarflash va aziyat berishdan o‘zni tiyishdir». Vositiy aytadilar: «U (ya’ni, husni xulq) Alloh taoloni yaxshi tanigani tufayli biror kishiga xusumat qilmaslik va unga ham biror kishining xusumat qilmasligidir». Shoh Kirmoniy aytadilar: «U aziyatdan tiyilish va mashaqqatni ko‘tarishdir». Ba’zilar aytadilar: «U insonlarga yaqin va ular o‘rtasida g‘arib bo‘lishdir». Yana Vositiy aytadilar: «U xalqni Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 80 osonlik vaqtida ham, qiyinchilik paytida ham rozi qilishdir». Abu Usmon aytadilar: «U Alloh taolodan rozi bo‘lishdir». Sahl Tustariydan husni xulq haqida so‘rashganida, u kishi: «Uning eng ozi aziyatlarni ko‘tarish va tovon (pul)ini tark qilish, zolimga rahm qilish, uning uchun istig‘for aytish va unga shafqat qilish», dedilar. Va yana aytdilar: «U - rizq to‘g‘risida Haqdan shubhalanmaslik, Unga ishonish, Alloh taolo kafil narsalariga vafo qilishiga ko‘ngilni xotirjam qilish, Allohga itoat qilish va o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi narsalarda hamda o‘zi bilan insonlar o‘rtasidagi narsalarda Allohga osiy bo‘lmaslikdir». Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Husni xulq uchta xislatda bo‘ladi: haromlardan saqlanishda, halolni talab qilishda va oilani farovon qilib qo‘yishda». Xusayn ibn Mansur aytadilar: «U - Haqni ko‘rganingdan keyin o‘z foydang uchun xalqqa jabr qilinishini ixtiyor etmasligingdir». Abu Sayid Xarroz aytadilar: «U senda Alloh taolodan o‘zga tashvish bo‘lmasligidir». Husni xulqning misollari ko‘p. Bu misollar uning haqiqatini bildirmaydi, balki samaralarinigina anglatadi. Lekin bu gaplar ham samaralarning hammasini qamrab olgan emas. Haqiqat pardasini ochish har xil so‘zlarni naql qilishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Xulq va xalq (yaratilish) birga ishlatiladigan ikki iboradir, deb aytamiz. Falon kishining xulqi ham, xalqi (ya’ni, yaratilishi) ham chiroylidir, deyiladi. Ya’ni, ichi ham, tashi ham chiroyli. Xalqidan tashqi surati, xulqidan esa ichki surati iroda qilinadi. Chunki inson ko‘z bilan ko‘radigan jismdan va qalb ko‘zi bilan idrok eta oladigan ruh va nafsdan tarkib topgan. Bularning har ikkisi uchun chiroyli yoki xunuk surat bo‘ladi. Qalb ko‘zi bilan idrok etadigan nafsning qadri ko‘z bilan idrok etadigan jismdan ko‘ra ulug‘roqdir. Shuning uchun Alloh taolo uning ishini Qur’onda O’ziga izofa qilib keltirish bilan ulug‘lab qo‘ydi. Alloh taolo aytadi: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling