Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
o‘tirgan holatda ko‘rdim, u bilan Alloh o‘rtasida bir parda bor edi. U kishining chiroyli 
xulqi keldi va uni Alloh taolo huzuriga kirgizdi», dedilar» (Xaroitiy zaif sanad bilan 
rivoyat qilgan). 
Anas roziyallohu anhuning aytishlaricha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: 
«Albatta banda chiroyli xulqi bilan oxirat darajalarining yuqorisiga va manzillarning 
sharaflisiga yetadi, (garchi) u ibodatda zaif bo‘lsa ham», dedilar (Tabaroniy rivoyati). 
Rivoyat qilinishicha, Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga kirishga izn so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida 
Quraysh ayollaridan bir nechasi u zotga ovozlarini baland qilib gapirishardi, hatto u 
zotning ovozlaridan ko‘tarib yuborishdi. Umar roziyallohu anhu izn so‘ragan vaqtlarida 
ayollar hijoblarini axtarib shoshib qolishdi. Umar roziyallohu anhu kirdilar, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam kulib turar edilar. Umar roziyallohu anhu: «Ota-onam sizga 
fido bo‘lsin, nimadan kulyapsiz, ey Rasululloh?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Mana bu ayollarga ajablandim, ular mening huzurimda edilar, ovozingizni 
eshitgan vaqtlarida hijoblariga shoshib qolishdi», dedilar. Umar roziyallohu anhu: 
«Qo‘rqishlariga siz haqliroqsiz, ey Rasululloh», dedilar. So‘ngra u kishi ayollarga 
yuzlanib: «Ey nafslarining dushmanlari, mendan qo‘rqasizlar-u, Rasulullohdan 
qo‘rqmaysizlarmi?» dedilar. Ular: «Ha, siz Rasulullohdan qo‘polroq va dag‘alroqsiz», 
deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Shunday holatda 
bo‘ling, ey Xattobning o‘g‘li, Allohga qasamki, sizni shayton yo‘lda uchratib qolsa, albatta 
siz yurgan yo‘ldan boshqa yo‘lga o‘tib oladi», dedilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati) 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yomon xulq kechirilmaydigan gunohdir va 
yomon gumon esa hid taratib turadigan xatodir», dedilar (sanadi zaif). Yana Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Albatta banda xulqining yomonligidan jahannamning 
tubigacha yetib boradi», dedilar (Xaroitiy rivoyati). 
Luqmoni Hakimning o‘g‘li otasiga: «Ey ota, insonning qaysi xislati yaxshiroq?» dedi. 
Otasi: «Din», deb javob berdi. «Agar xislat ikkita bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din va mol», 
dedi. «Agar uchta bo‘lsa-chi?» deb so‘radi. Otasi: «Din, mol va hayo», dedi. «Agar 
to‘rtta bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo va husni xulq», dedi. «Agar beshta 
bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo, husni xulq va saxiylik», dedi. Yana: «Oltita 
bo‘lsa-chi?» deb ham so‘ragan edi, Luqmoni Hakim: «Ey o‘g‘ilcham, agar insonda mana 
shu besh xislat jamlansa, u pokiza, taqvodor, Allohga do‘st va shaytondan uzoq bo‘ladi», 
dedi. 
Hasan Basriy: «Kimning xulqi yomon bo‘lsa, o‘z nafsini azoblaydi», dedilar. 
Anas ibn Molik aytdilar: «Albatta banda chiroyli xulqi bilan jannatda oliy darajaga yetadi, 
(garchi) ibodatgo‘y bo‘lmasa ham, yomon xulqi bilan esa jahannamning eng tubiga yetib 
qoladi, (garchi) ibodatgo‘y bo‘lsa ham». 
Yahyo ibn Muoz aytdilar: «Rizqning xazinalari keng xulqlilikdadir». Vahb ibn Munabbah 
aytadilar: «Yomon xulqning misoli singan sopol idishga o‘xshaydi, uni yamab ham, loyga 
ham qaytarib bo‘lmaydi». 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling