Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Xabar bering-chi, kim havoyi nafsini iloh qilib olgan bo‘lsa, siz uning ustidan
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
«Xabar bering-chi, kim havoyi nafsini iloh qilib olgan bo‘lsa, siz uning ustidan
vakil-qo‘riqchi bo‘lurmisiz? Yoki siz ularning ko‘plarini (haq so‘zni) tinglay oladilar yo anglay oladilar, deb o‘ylaysizmi?! (Undoq emas, zero) ular hech narsa emaslar, magar chorva hayvonlari kabidirlar. Yo‘q, ular yanada yo‘ldan ozganroq kimsalardir» (Furqon surasi, 43-44-oyatlar). «Aniqki, ularning ko‘plariga so‘z (ya’ni, azob haqidagi hukm) haq bo‘lgandir. Bas, ular iymon keltirmaslar» (Yosin surasi, 7-oyat). Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 71 «Kufr yo‘lini tutgan kimsalar esa xoh siz, (ey Muhammad alayhissalom), ularni (Alloh taolo azobidan) qo‘rqiting, xoh qo‘rqitmang, ularga barobardir - iymon keltirmaydilar» (Baqara surasi, 6-oyat). Ba’zi shahvatlarga berilib, ahvoli shunday bo‘lgan ko‘pgina qalblar ba’zi narsalardan parhez qiladi-yu, lekin chiroyli yuzni ko‘rganda ko‘ziga va qalbiga ega bo‘lolmaydigan, aqli yengiltaklik qiladigan va qalbining to‘g‘oni tushib ketgan kishiga o‘xshaydi. Yoki martaba, ulug‘lik va boshliqlik o‘rinlarini ko‘rganda o‘zini ushlab turolmaydigan, bularga erishish sabablari zohir bo‘lganida o‘zini ushlab turish uchun tayanchi qolmagan kishiga o‘xshaydi yoki biror aybi zikr qilinib haqir sanalganda g‘azabi kelib, o‘zini boshqara olmaydigan kishiga o‘xshaydi. Yoki bir dirham yo bir dinor olishga qodir bo‘lib turganida o‘zini tutolmaydigan, hatto uning ortidan go‘yo hayajonlanib aqldan ozgan kishiga o‘xshab yuguradigan, natijada dirham va dinorni deb sha’n-shavkat va taqvoni unutib qo‘yadigan kishiga o‘xshaydi. Mana shularning hammasi havoyi nafsning tutuni qalbga ko‘tarilib, oqibatda uning nurlari o‘chib qorong‘ilashib ketgani uchundir. Undan hayo, muruvvat va iymon nurlari ham o‘chib ketadi. Keyin qalb shaytonning murodini hosil qilishga harakat qiladigan bo‘lib qoladi. Uchinchi qalbda havoyi nafsning fikrlari zohir bo‘lib, uni yomonlikka chaqiradi. Iymonning fikri uni ortidan yaxshilikka chaqiradi. Nafs o‘z shahvatlari bilan yomonlikning fikriga yordamga qo‘zg‘aladi. Shahvat kuchayib, lazzatlanish va baxra olishni unga chiroyli ko‘rsatadi. Aql yaxshilikning fikri tomon qo‘zg‘alib, shahvatning ishini xunuk sanab, u tomonga tashlanadi. Unga johillikning nisbatini berib, yomonlikka tashlanishda hamda oqibatlarga befarqligida hayvonga va yirtqichlarga o‘xshatadi. Natijada nafs aqlning nasihatiga moyil bo‘ladi. Shayton esa yana aqlga qattiq hamla qiladi, nafsga chaqiruvchi fikr yana kuchayadi. Shayton: «Nima bu o‘zini ma’nosiz qiynash, nima uchun xohishingdan bosh tortib nafsingga aziyat berasan? Zamondoshlaringdan birortasi havoyi nafsiga xilof qilib, o‘z maqsadini tark qilyaptimi? Dunyo lazzatlaridan foydalanishni ularga qoldirasanmi? Bu lazzatlardan nafsingni to‘sib qo‘yib, o‘zing mahrum, bechora va qiynalgan holda qolasanmi? Zamondoshlaring ustingdan kulishadi- ku! Mansabing ham falon-falon kishilardan ziyoda bo‘lishini xohlamaysanmi? Ular sen istagan narsalarni qilishdi, undan bosh tortishmadi. Falon olimni ko‘rmaysanmi? U bunday narsalardan ehtiyot bo‘lmayapti, agar bu ishlar yomon bo‘lganida albatta undan tiyilardi», deydi. Natijada nafs shaytonga moyil bo‘lib, u tarafga buriladi Keyin farishta shaytonga qattiq hamla qiladi va: «Naqd lazzatga ergashib, oqibatni unutganlargina halok bo‘ldilar. Ozgina lazzat bilan qoniqib, jannat lazzati va uning abadul-abad ne’matlarini tark qilasanmi? Yoki shahvatdan tiyilish, sabr qilish azobini qiyin sanab, do‘zax azobini oson deb bilasanmi? Insonlarning o‘z nafslaridan g‘aflatda bo‘lishlari va havoyi nafsga ergashib shaytonga yordam berishlari bilan aldanasanmi? Vaholanki, boshqalarning ma’siyati sendan do‘zax azobini yengillatmaydi. Menga xabar ber-chi, agar qattiq issiq kunda insonlarning hammasi quyosh tig‘ida issiq joyda turgan bo‘lsa, sening esa salqin uying bo‘lsa, odamlar bilan issiqda turib ularga yordamlasharmiding yoki issiqdan qochib salqin uyingda o‘tirarmiding? Endi qanday qilib insonlarga quyoshdan qo‘rqib teskari ish qilasan-u, nima uchun do‘zax issiqligidan qo‘rqib ularga teskari ish qilmaysan?» Mana shu payt nafs farishtaning gapiga bo‘ysunadi. Xullas, qalb doimo ikki qo‘shin o‘rtasida to unga eng munosibi g‘olib kelgunicha beqaror va o‘zaro tortishuvda bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling