Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Ana endi kim (o‘z mol-davlatidagi kambag‘al-bechoralarga berilishi lozim


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

«Ana endi kim (o‘z mol-davlatidagi kambag‘al-bechoralarga berilishi lozim 
bo‘lgan zakot va boshqa sadaqotlarni) ado etsa va (Allohdan) qo‘rqsa hamda 
go‘zal oqibatni (ya’ni, jannat bor ekanini) tasdiq etsa, bas, Biz uni oson yo‘lga 
muyassar qilurmiz» (Val-layl surasi, 5-7-oyatlar). 
Bunga o‘xshagan qalbda rububiyat tokchasidagi chiroq nur taratib turadi, hatto zulmatli 
kechada qora chumolining o‘rmalashidan ham maxfiyroq bo‘lgan xufyona shirk ham 
maxfiy bo‘lmaydi. Bu nurdan biron narsa yashirinib ololmaydi. Bu qalbga shayton 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
hiylalaridan birortasi kirolmaydi. Balki shayton vaziyatni poylab, unga yolg‘ondan iborat 
chiroyli so‘zlarni vasvasa qiladi, qalb esa unga boqmaydi ham. 
Bu qalb halok qiluvchi narsalardan poklanganidan keyin najot beruvchi amallar bilan 
obod qilingan qalbga aylanadi. Najot beruvchi amallar shukr, sabr, xavf, rajo, faqirlik, 
zohidlik, muhabbat, rozilik, shavq, tavakkul, tafakkur, o‘zini hisob-kitob qilish va 
boshqalar bo‘lib, bularning zikri ham tez orada keladi. 
U qalb shunday qalbki, Alloh taolo unga «yuzi» bilan ro‘para bo‘lgandir. U orom olgan 
qalbdir. Alloh taolo aytadi: 
«Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom oladi» (Ra’d surasi, 28-
oyat). 
Alloh taolo aytadi: 
«Ey xotirjam, sokin jon...» (Fajr surasi, 27-oyat). 
Ikkinchi qalb yordamsiz qo‘yilgan, havoyi nafs bilan o‘ralgan, yomon va iflos xulqlar 
bilan bulg‘angan, shayton eshiklari ochib qo‘yilgan, farishtalar eshigi yopib qo‘yilgan 
qalbdir. Bu qalbdagi yomonlikning boshlanishi unda havoyi nafsdan bir fikr uchqunlanib 
paydo bo‘lishidir. Natijada qalb hokim bo‘lgan aqlga undan fatvo so‘rash uchun va to‘g‘ri 
yo‘lni ko‘rsatish uchun qaraydi. Aql esa u yerda havoyi nafsning xizmatiga odatlangan, 
unga ulfat bo‘lgan, unga hiylalar o‘ylab topishda va yordam berishda davom etardi. 
Natijada qalbga (aql emas), nafs egalik qilib, unga yordam beradi, qalb havoyi nafsga 
ochiladi. Uni himoya qilishdan aql askari to‘xtatib qolingani uchun unga havoyi nafs 
zulmatlari tarqab ketadi. U yerga havoyi nafs tarqalib, unda shayton faoliyat boshlagani 
uchun uning hukmronligi kuchayadi. Unga chiroyli ko‘rsatish, aldash va orzular bilan 
ro‘para bo‘ladi. Ana shu bilan unga aslida yolg‘on, chiroyli so‘zlarni vasvasa qiladi. 
Natijada va’da va va’idlarga bo‘lgan iymon hukmronligi zaiflashadi.
Oxirat xavfiga bo‘lgan ishonch nuri so‘nadi. Zero, havoyi nafsdan qalb atroflarini to‘ldirib 
bir zulmatli tutun ko‘tariladi, hatto qalb nurlari o‘chib qoladi. Aql go‘yo qovoqlariga tutun 
to‘lib, qarashga qodir bo‘lmay qolgan ko‘zga o‘xshaydi. Qalbda shahvat g‘alabasi 
shunday holatni yuzaga keltiradiki, hatto qalbning bir to‘xtab, tekshirib olish imkoni 
qolmaydi. Garchi uni bir nasihatgo‘y ko‘rib, qaysi narsa haqligini bildirsa ham, endi u 
fahmlashga e’tibor bermaydigan, tinglash qulog‘ini berkitadigan, shahvat qo‘zg‘aladigan, 
unga shayton hujum qilgan, uning a’zolari havoyi nafs xohishiga ko‘ra harakatlanadigan 
qalbga aylangan. Natijada Alloh taoloning qazoi qadar bilan ma’siyat g‘ayb olamidan 
shahodat olamiga zohir bo‘ldi. Mana shunga o‘xshash qalblarga Alloh taoloning quyidagi 
oyatlarida ishora bor: 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling