Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
qilar edik. Uzluksiz har kuni munozaraga o’tirar edik va bu tinmay o’n ikki yil davom etdi. Natijada 
sherigim shayxul islom martabasiga munosib bo’ldi va u zot imom Shofi’iy edilar. 
Shayxul islom, ustoz Faxriddin Qozixon (a.r.) hazratlari talabalariga shunday ko’rsatma berar ekanlar: 
-Agar fiqh kitoblaridan bittasini yaxshilab yodlab olsang, boshqa fiqhiy masalalarni hifz, zehningda 
saqlab qolishing osonroq kechadi. 
 
7-FASL. 
ТAVAKKUL QILISH ТO’G’RISIDA 
Тavakkul qilish barcha ish, fikridan o’tgan narsalarni Allohga topshirish, tafviz qilishdir. Dunyo 
ishlari, rizqnasibasiga g’am-tashvish chekmaslik va bu hakda xafa bo’lib yurmaslikdir. Balki, qalbini 
bulardan holiy qilib, ilm bilan va shu kabi zaruratlar bilan shug’ullanishini talab qila boradi. Shubhasiz, 
tavakkal qilish talabaning asosiy vazifasi bo’lishi kerak. 
Hazrati imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) janob Rasu-lulloh (s.a.v.)ning sohiblaridan rivoyat qiladilar: 
-Kim Alloh dinining ilmini o’rgansa, Alloh uni rizqi va dunyo hojatlariga kifoya bo’ladi. Nasibasini 
o’ylamagan joylardan yetkazib qo’yadi. 
Тavakkul qila olish insonga ulug’ baxtsaodatdir. Agar talaba ko’nglini rizqi va kiyim, dunyo 
matolariga mashg’ul qilsa ilmga kam vaqt qoladi. Natijada ilm va go’zal xulqu odoblardan bebahra 
bo’lib qoladi. Eng asosiy maqsali ilm talab qilishdan uzok,lashadi. Donishmandlardan biri shunday 
deganlar: 
-Go’zallikni o’zinpa chaqir va go’zal hulqlar da’vatini qabul qil! Zinhor bog’iylik3 karvoniga minma! 
Beadablik va barcha hunuk ishlarni tark qil! Har vaqt va joyda o’zingni hamma ma’noda to’q 
ko’rsatgin! Qori to’q, kiyimi butun holda yur! Bosh kiyimga ahamiyat ber! 
Salla bosh kiyimlar toji va ulug’idir. U janob (s.a.v.)ning muborak sunnati saniyalaridir. Alloh dinining 
shioridandir. 
Ammo taom tanovul qilishda, ibodatda, saboqo’qiyotganda, uyquga yotganda va hojatxonaga 
kirganda, albat-ta, bosh kiyimda bo’lgin! 
Bir kishi hazrati Husayn ibn Mansur al-Halloj (a.r.)ga: 
-Hazrat menga nasihat qilsangiz!- deb murojaat qildi. Shunda hazrat: 
-O’z nafsingga ishlov ber, uni yaxshilab tayyorla! Uni mashg’ul qilib qo’y! Agar nafsiigni mashg’ul 
qilmasang, u seni o’zi bilan mashg’ul qilib qo’yadi,- deb nasihat qildilar. 
Demak, har bir inson o’z nafsi bilan shug’ullanishi kerak ekan, xayrli amallarni qilishga jalb etishi 
zarurdir. 
Тoki nafsu havosini roziligiga qarab qolmasin! Shaytoni la’inning insonni chaljtadigan, osiy 
qiladigan eng birinchi quroli nafsdir. Okil inson dunyoga va dunyo tashvishlariga ahamiyat va 
ehtimom ber-maydi. Chunki, dunyo matolari uchun g’amga tushish, xafa bo’lish va nadomat chekish 
aqlli kishiga loyiq emas. Balki, bularning hammasi musibatni qaytarmagan, foyda ham bermagan. 
Inson qalbi, asablariga zarar va ziyon keltirgan. Shuningdek, solihama;,larga, yaxshi-liklarga xalal 
beradi. Aqli raso kishi oxirat ishlariga ahamiyat beradi. 
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.): 
insonning ba’zi gunoxlari borki, ularga faqat dunyo tirikchiligini o’tkazish uchun chekilgan qayg’u va 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling