Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-FASL. ILM OLISHDA PARHEZ VA ТAQVO HAQIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 Тalaba ulug’ yoshlik mo’ysafid, ilmli kishilarni g’animat bilmog’i kerak. Bu zotlardan, ilmidan foydalansin. Ilmlari bo’lmasa, kamoli odobi bilan hushnud qilib, duolarini olsin! Shunday foydalana olmasa, hech qaytarib bo’lmas xatoga yo’l qo’yishi mumkin. Zero, qo’ldan boy berilgan narsani o’rnini bosadiganini topish mumkin emasdir. Bu hakda shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari o’z ustozi, shayxi haqida shunday deganlar: -Qancha shayxlar, ustozlarga yetishdim, qanchalarining suhbatlarida bo’ldim. Ko’ngildagidek xizmatlarini qilib, ulardan foydalanib, duolarini ola bilmabman! Fayzu futuxsh irshodlaridan bahramand bo’lolmabman! Hazrati Ali karramallohu vajhahul karim: -Agar bir ishni bajarishga bel bog’lasang, ishni oxiriga yetkaz! Oxiriga yetkazishdan bosh tortma! Ammo Al-lohning ilmidan yuz o’girishing, xorlanishing va xas-ratga tushmog’ingga kifoyadir. Ilm o’rganishdan bosh tortishlik musibatlar so’ngidan keladigan nadomatlarga yetarlidir. Shuning uchun, har damda bundan Allohning dargohidan panoh so’ra!- deganlar. Bir donishmand: -Men senda o’zini aziz va muhtaram bo’lishni xohla-yotgan nafsni ko’rdim. Ammo, izzatu ikromga mana shu nafsni xor qilmaguncha zinhor erishmaysan!- aytgan ekan. 11-FASL. ILM OLISHDA PARHEZ VA ТAQVO HAQIDA Janob sarvari Koinot (s.a.v.): -Hikmatning boshi taqvodir, -deganlar. Hikmatning avvaliyu oxiri, barchasi foyda, kattayu kichigining qiymati yo’q boylikdir. Bu hadisi sharif hukmi bilan foyda va boylikning kalitini qo’lga kiritish yo’lini bildirdilar. Hazrati Ali karramallohu vajhahul karimdan quyidagi hadis sharif keltirilgan: -Qaysi bir inson qirq kun halol taomlar tanovul qilib, qirq kun namozlarini jamoat bilan o’qisa, par-hez va har qadamini taqvo bilan bossa, Alloh qalbiga xotirjamlikni nozil qilib, tiliga hikmatlarni joriy qilib qo’yadi. Janob Rasululloh (s.a.v.) yaxshiliklar asosi ta-qvo va parhez ekanini bildirganlar. Parhez va taqvo deganda: -shubha, makruh; -qilsa gunoh, beadab bo’ladigan; -oqibati yomonlikka keladigan; -ko’ngilda nafrat kabi tuyg’ularni uyg’otadigan; hamda Alloh o’z Kalomi majidida, paygambarimiz muborak hadislarida -qilmoqlikka buyurganlarni bajarishga zo’r berish; -qilma, deb qaytarganlaridan; -gunohligi bayon etilgan ishlardan tiyilish tushuniladi. Demak, taqvo, parhez qilgan kishi Allohga bo’ysungan, janob payg’ambarimizga to’liq ergashgan bo’ladi. Bu barcha foydalarning tuganmas bulog’idir. Shuning uchun ham talaba, taqvo va parhezni o’zining yo’ldoshi qilmog’i kerak. Bir muborak hadisda: - kim ilm talab qilayotgan vaqtida parhez va taqvoga rioya qilmasa, Alloh unga uchta og’ir balo yuboradi. O’zi bilmagan holda qattiq imtihon qiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling