Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
Тalaba ulug’ yoshlik mo’ysafid, ilmli kishilarni g’animat bilmog’i kerak. Bu zotlardan, ilmidan 
foydalansin. Ilmlari bo’lmasa, kamoli odobi bilan hushnud qilib, duolarini olsin! Shunday foydalana 
olmasa, hech qaytarib bo’lmas xatoga yo’l qo’yishi mumkin. Zero, qo’ldan boy berilgan narsani 
o’rnini bosadiganini topish mumkin emasdir. Bu hakda shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy 
hazratlari o’z ustozi, shayxi haqida shunday deganlar: 
-Qancha shayxlar, ustozlarga yetishdim, qanchalarining suhbatlarida bo’ldim. Ko’ngildagidek 
xizmatlarini qilib, ulardan foydalanib, duolarini ola bilmabman! Fayzu futuxsh irshodlaridan 
bahramand bo’lolmabman! 
Hazrati Ali karramallohu vajhahul karim: 
-Agar bir ishni bajarishga bel bog’lasang, ishni oxiriga yetkaz! Oxiriga yetkazishdan bosh tortma! 
Ammo Al-lohning ilmidan yuz o’girishing, xorlanishing va xas-ratga tushmog’ingga kifoyadir. Ilm 
o’rganishdan bosh tortishlik musibatlar so’ngidan keladigan nadomatlarga yetarlidir. Shuning uchun, 
har damda bundan Allohning dargohidan panoh so’ra!- deganlar. 
Bir donishmand: 
-Men senda o’zini aziz va muhtaram bo’lishni xohla-yotgan nafsni ko’rdim. Ammo, izzatu ikromga 
mana shu nafsni xor qilmaguncha zinhor erishmaysan!- aytgan ekan. 
11-FASL. ILM OLISHDA PARHEZ VA 
ТAQVO HAQIDA 
Janob sarvari Koinot (s.a.v.): 
-Hikmatning boshi taqvodir, -deganlar. 
Hikmatning avvaliyu oxiri, barchasi foyda, kattayu kichigining qiymati yo’q boylikdir. Bu hadisi sharif 
hukmi bilan foyda va boylikning kalitini qo’lga kiritish yo’lini bildirdilar. 
Hazrati Ali karramallohu vajhahul karimdan quyidagi hadis sharif keltirilgan: 
-Qaysi bir inson qirq kun halol taomlar tanovul qilib, qirq kun namozlarini jamoat bilan o’qisa, par-hez 
va har qadamini taqvo bilan bossa, Alloh qalbiga xotirjamlikni nozil qilib, tiliga hikmatlarni joriy qilib 
qo’yadi.
Janob Rasululloh (s.a.v.) yaxshiliklar asosi ta-qvo va parhez ekanini bildirganlar. Parhez va taqvo 
deganda: 
-shubha, makruh; 
-qilsa gunoh, beadab bo’ladigan; 
-oqibati yomonlikka keladigan; 
-ko’ngilda nafrat kabi tuyg’ularni uyg’otadigan; 
hamda Alloh o’z Kalomi majidida, paygambarimiz muborak hadislarida 
-qilmoqlikka buyurganlarni bajarishga zo’r berish; 
-qilma, deb qaytarganlaridan; 
-gunohligi bayon etilgan ishlardan tiyilish tushuniladi. 
Demak, taqvo, parhez qilgan kishi Allohga bo’ysungan, janob payg’ambarimizga to’liq ergashgan 
bo’ladi. Bu barcha foydalarning tuganmas bulog’idir. 
Shuning uchun ham talaba, taqvo va parhezni o’zining yo’ldoshi qilmog’i kerak. Bir muborak hadisda: 
- kim ilm talab qilayotgan vaqtida parhez va taqvoga rioya qilmasa, Alloh unga uchta og’ir balo 
yuboradi. O’zi bilmagan holda qattiq imtihon qiladi: 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling