Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 Mana shu shafqatlarining barakoti bilan, har ikka-la o’g’illari o’z zamonasining yetuk ilm ahllaridan bo’ldilar. Тolibga biror kishi bilan arazlashish va dushman-lik, g’arazgo’ylik qilishi mumkin emas. Chunki, bu ishlar inson umrini zoye ketkazadigan ishlardan sanaladi. Ahli donishlar: -Muhsin - yaxshilik qiluvchi, ezgu niyatli inson o’z yaxshiligi bilan tezda mukofot topadi. Ammo yomonlik, gunoh qiluvchi esa, unga o’zining yomonligi tezda kifoya bo’ladi,- deganlar. YOMONLIK gunohlarining kasofati o’ziga urib, qattiq zarar ko’radi. Imom, Хoharzoda nomi bilan mashxur, shayxul islom, buyuk imom, zohid, orif, Ruknul islom, hazrati Muhammad ibn Abu Bakr (a.r.) tarikgat sultoni, buyuk shayxul islom Yusuf Hamadoniy hazratlaridan she’rni yod olgan ekanlar: Ulki, zarar shevasini tavr etar, Elga demakim, o’ziga javr etar. Ulki, ushatur bosibon shishani, Qilmas oyoq zahmidin andeshani. Kimki, falak sori otar toshini, Тosh ila ozurda qilur boshini. Yomonlik va gunoh qilgan kishyni o’z holiga qo’y, unga jazo berma! Chunki, yomonligi o’ziga ham, yomonligidan paydo bo’ladigan narsalarga ham kifoya bo’lur. Ya’ni baloyukasofatiga o’zi qolar. Yana debdilarki: «Kim dushmanining burni yerga ishq-alanishini, mazkur she’rni takror qilsin! Ma’nosini chaqsin!» Yana debdilarki, agar dushmaningni sharmanda bo’li-shini, uni g’am-g’ussa bilan o’ldirishni, yondirishni xohlasang, hamda oliy martabalarni orzu qilsang ilmingni ziyoda qil! Chunki, kimning ilmi ziyoda bo’lsa, bilganiga amal qilsa dushmanlari ko’payadi, g’am-tash-vishlari ham ortadi. Aytibdilarki, o’z nafsingni tar-biyasi bilan shug’ullangin, uning foydalik jihatlarini rivojlantirgin! Zinhor dushmaningga qahr qilish bilan amalga oshirma! Zero, o’z tarbiyang bilan shug’-ullanishing, chiroyli qirralaringni namoyish qila borishing, dushmanu hasadgo’ylaring ustidan qahr qili-shingga, ularga g’olib kelishingga zamin bo’ladi. Хotirjam yurasan, ular esa o’z yog’lariga qovurilib yuraveradilar. Dushmanlikdan saklan! Chunki, asablaringni bo’sha-shishi va vaqgingni zoye ketishiga sabab bo’ladi. Sabru qanoatni va matonatni lozim tut! Bu ulug’ sifatlarni havoyu suvdek xulqingga singdir! Ayniqsa, ahmoqlarning ishlariga sabr qilishni odat qil! Hazrati Iso ibn Maryam (a.s.): -O’nta yaxshilikka erishish uchun, bitta ahmoqning ziyon va zahmatlariga sabr qilinglar,-deganlar. Dono xalqimiz: «Jinnini «jinni» desang, arpa bo’yi qo’shiladi»,- deb, ahmoqva nodon kishilar bilan qanday munosabatda bo’lishni bildirganlar. She’r: Kimki o’zi ayladi yolg’on so’zin, Kizb der el, chin desa, qolg’an so’zin. Kim egri esa tuzluk emas poyasi ham, Bori o’zidek egri sudu sarmoyasi ham. Har kimgaki egrilikka ovozadur, Тuz joda ichra yo’lidin ozadur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling