Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
10-FASL. FOYDA
ТALAB QILISH ТO’G’RISIDA Janob payg’ambarimiz: Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 44 -Hikmat mo’’minning yo’qotgan kerakli narsasidir. Uni qayerda topsa darhol oladi, qabul qiladi,- deganlar. Shu muborak hadis hukmi talaba uchun hayotiy shiordir. Uni hayotiga tatbiq etmog’i zarurligi va foyda tapabida davomli bo’lishi hamda fazilati, usullari haqida so’z yuritamiz. Shubhasiz, ulug’ niyatliktalaba foyda talabini hamma vakp" va joyda qilishi shart, ya’ni o’z manfaatini doim ko’zlashi zarurdir. Ularni yodda saqlab o’z o’rnida iste’mol eta olishi bilan fayzi oshadi. Jamiyatda ham hurmat-e’tibori paydo bo’ladi. Ammo istifoda, foyda talab qilishning usuli har vaqt yonida yozuv asboblari bo’lishidir. Ruchka, qalam va qog’oz, daftar kabi ashyolar tolibning hamrohi bo’lmog’i kerak. Zamona takomillashi bilan o’quvqurollari ham kamolga qarab yuz burmokda. Kitobning nusxasida siyohdon deb zikr qilingan bo’lsa, biz zamonamiz keng ishlatayotgan yozuv ashyolarini keltirdik. Agar yonida bu asboblarni olib yursa, eshitgan foydali, hikmatli gapni o’ziga qayd qilib ko’yishi mumkin bo’ladi. Axli donishlar: Kim zehniga ishonib yod olibdi, Yod olgani tezda undan qochibdi, Kim yozib, qayd ayladi, Ketmas qilib uni bog’ladi. Doim o’z yonida qaror topadi,- deganlar. Yana debdilar: -Ilm - kishilar tillaridan olingan ulug’ mahsul. Chunki, ular eng yaxshi va purfoyda eshitganlarini yodlaganlar, qalblariga muhrlaganlar va ko’ngillaridagi tajribadan o’tgan, foydalisini gapirganlar. Mana shulari ilmdir. Shayxul islom, buyuk ustoz, Adibul Muhtor nomi bilan mashhur zot a.r. aytar edilar: Hazrat Hilol ibn Yasir (r.a.) janob Rasulullohning sahobai kiromlarga bir narsa deb turganlarini ko’rgan ekan. Shunda: -Yo, Rasulalloh! Jonim sizga fido bo’lsin! Hozirgi sahobai kiromlarg’a aytgan hikmatli so’zlaringizni menga ham aytib bering!- dedi. Janobimiz: -Ey, Hilol! Yoningda siyoxdoning bormi? Yozuv ashyolaring bormi?- dedilar. siyohdonim yo’q,- dedi. Janobi Sarvari Koinot: -Ey, Hilol! Zinhor siyoxdondan ajralma! Хayrning ko’pi qalamda va qalam ahllaridadir. Ular qiyomatgacha fazilat sohibi bo’lishda bardavomdirlar,- deb aytdilar. Janob s.a.v ilmni qayd etish, uni yozib qo’yishning ulug’ ishlardan ekanigg ishora qildilar. Shayxul islom, Sadri Shahid Hisomiddin (a.r.) hazratlari o’g’illari Shamsiddinga har kuni ilmu hikmatdan biron yengil narsani yod olib borishni buyurgan ekanlar. Chunki, bu ish yengil va osondir. Тez kunlarda ular to’planadi. Umr ham zoye ketmaydi. Hazrati Asom ibn Yusuf (a.r.) bir dinorga qalam sotib olgan ekanlar. Bir dinor xuda katta pul. Maqsadlari eshitgan foydalarini darhol yozib olish edi. Zero, umr qisqa, ilm esa ko’pdir. Umr tugaydi, ilm aslo tugamaydi. Umrining o’tib borayotgan soniyalarini g’animat bilmog’i kerak. Ayniqsa, kechani va bo’sh vaqtlarni g’oyat g’animat bilib, qadrlash zarur. Mashoyixlarimiz: Kechalari uzun va u sening buyuk o’ljangdir. Undan o’rinli foydalanib qol! Zinhor uyqu bilan kechani qisqartirma! Kunduz esa yorug’lik, ziyodir. Uni gunoh va bekorchilik bilan changitib, ifloslantirma! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling