Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-FASL. NASIHA Т VA MEHRU SHAFQA Т ТO’G’RISIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
41 8-FASL. ТAHSIL VAQТI HAQIDA Hadisi shariflar mazmunini fikr qilib, ulug’larimiz ilm va kasbni tahsilini vaqti beshikdan lahadgachadir, deb belgilaganlar. Demak, inson umri boricha o’rganish, harakat qilishdan to’xtamasligi kerak. Hazrat Hasan ibn Ziyod (a.r.) yoshlari saksonlarga borganda ilm olishga, fiqhni o’rganishga kirishgan ekanlar. Shundan so’ng qirq yil yonboshlari ko’rpacha ko’rmadi. Qirq yildan keyin fatvo bera boshlagan ekanlar. So’fiy Allohyorning ushbu baytlarining mazmuni e’ti-borga molikdir: Agar nafsing sani yetmish boshingdin, Na bo’lg’ay foyda yetmish yoshingdan. Agar nafsing murodin izlamasaig, Agar saksanga umring yetsa saksan. Kasb va ilm olishning ekg fazilatli vaqti avvalo yoshlik davri hisoblanadi. Sahar vaqti, hufton va shom namozlarini orasidagi vaqt ham yaxshi vaqtlardan hisoblanadi. Тolib tahsil mehnatiga o’zini g’arq qilmog’i kerak, biror ilmni o'qish "malol kelsa yoki zeriksa, boshqa ilm bilan shug’ullansin. Boshqa foydali narsaga o’zini jalb qilsin. Hazrati Muhammad ibn Hasan kechalari uxlamasdilar. Atroflariga kitob va daftarlarini ko’yib olardilar. Biridan zeriksapar boshqasini olardilar va yonlarida doim suv turar edi. Yuzlarini yuvib, uykuni ketkazar edilar. -Uyqu issiqlikdan keladi,- der edilar. Hazrat ibn Abbos (r.a.) ham gapirishdan zeriksalar yoki charchasalar: -«She’rlar devoni»ni keltiringlar,- deb buyurardilar. 9-FASL. NASIHA Т VA MEHRU SHAFQAТ ТO’G’RISIDA Sohibi ilm shyfqatli, mehribon va nasihatgo’y bo’lishi kerakdir, Zinhor hasadgo’y va bemehr, bag’ritosh bo’lmasligi kerak. Chunki, bag’ritoshlik, hasad kabi xislatlar sohibiga hech qachon foyda bermagan, kichikmi, kattami zarar, zahmat berishi birovga sir emas. Shayxul islom, ustoz, hazrat Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.): -Muallimning farzandi albatta olim bo’ladi,- der ekanlar. Chunki, har bir ustoz, muallim shogirdlarini osmon ostining hamma jihatlarida olim bo’lib yetilishlarini orzu qiladi. Shu ezgu niyatning barakasi bilan, ishonchining mustahkamligi va shafqatu marhamatining yuksakligi bilan Alloh o’z fazli bilan farzandini olim qilib yetishtiradi. Hazrati Abu Bakr (a.r.) hikoya qiladilarki, hazrati Sadrul Ajall burhonul aimma (a.r.) o’g’illari Sadri Shahid Hisomiddin hamda Sadri Sa’id Тojiddinlar uchun saboq olish vaqtini katta choshtgoh vaqtida ajratgan ekanlar. Kun isib, choshtgoh bo’lganda, farzandlariga saboq berishga kirishar ekanlar. O’g’illari esa: -Bu vaqtda biz charchab qolardik. Padarimizga bu vaqtda charchab qolayotganimizni va kun isiganda dars o’qish malol kelayotganini aytganimizda, padari buzrukvorimiz: -Mana bu g’arib va musofirlar ulug’-ulug’ insonlarning farzandlaridir. Mendan ilm o’rganish uchun qancha mashaqqat chekib, uzoq yurtlardan kelganlar, shuninguchun saboklarini oldin berishim zarur,- der edilar,- deb yodetadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling