Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
Ey, farzand! Muomalalaringni barchasida ogoh bo’l! Qodir bo’la olguningcha ogoh va ehtiyotkorlikni 
eng za-ruriy burching deb bil! Zero, mo’’min banda doim ogoh va itoatkor bo’lmog’iga amr Allohning 
Kalomi majidida bordir. 
Ey, ko’zlarimning nuri! Qalbingda Alloh bilan qanday bo’lsang, oshkoringda ham xuddi shunday bo’l! 
Ichingda ham^sirtingda ham, yolg’iz qolganingda, jamoat orasida ham Yaratgan parvardigoring bilan 
orada ikkiyuzlilikka yo’l qo’yma! Bunday hulqning avvaliyu oxiri voy va mudhishdir. 
Aps muammolarini ham ichi-tashini bir maromda isloh qilib olganingdan keyin hal qil! Maqsad 
Allohning rizoligini topish va albatta, uning qattiqazo-bi va g’azabidan saqlanish bo’lmog’i kerak! 
Shuninguchun, ilm maslahati bahonasi bilan dunyo muommolarini hal qilma! 
Seni ilming, taqvo va oxiratingga durust kelmaydigan biron amalni tavsiya etsalar, zinhor unga 
yuzlanma, uni qabul qilma! Ammo bu bilan dinga, ilmga va oxiratga foyda yetkazishingta ko’zing 
yetsa, uni udda-lashingga imkoning borligini fahmlasang, uni qabul qil! Unda ilm uchun, din uchun 
mustahkam tur! 
Тurli majlisda va ayniqsa, ilmiy- munozaralarda qo’rquv va ikkilanish bilan 
so’zlashdan saqlan! Da-lil-isbotlar izlashdan charchamoqni o’zingdan uzoqtut! Gapirganingda dadil, 
o’zingham ishonib, pishiq-puxta gapir! Ma’no va hikmat bilan tinglovchilarni o’zingga jalb et! 
Ey, shogird! Ko’p kulmokdan saqlan! Zero, ko’p kulgu qalbni o’ldiradi, yuzingni nurini ketkazadi. 
«
Тirik qalb» sohibi esa abadiy zehn, odobu axloq va boshqa fazilatlarda namuna bo’lish quvvatiga ega 
bo’ladilar. 
Хotirjam, viqoru salobat bilan yurgin! Ammo yengil va tez, hushharakat bo’lgin! Og’ir va shoshqaloq 
bo’lmoqdan saqlan! Har bir ishingni shoshib chala amalga oshirishdan uzoq bo’l! 
Orqangdan chaqirgan kishiga javob qilma! Chunki, hay-von orqasidan chaqiriladi. Gapirganingda 
ovozingni ko’p baland qilma! Qichqirib, shovqin solib gapirma! Sukunatni (jim turishni) odat qil! 
Yana kam, ammo aniq harakatli bo’lishni ham odat qil! Shunda kishilar na-zdida o’z ilmingga amal 
qiluvchi bo’lasan va turli fitnalar barham topadi. 
Yolg’izligingda va ayniqsa, imsonlar orasida bo’lganingda Alloh taoloni ko’p yod et! 
Тo insonlar zikr 
qilishni sendan o’rgansinlar. Namozdam keyin o’qiydigan vir-dlarni vazifa qilib olgin. Virding Qur’on 
karim, zikr va shukrdan iborat bo’loin! Bu vird ne’matlarga shukr qilmog’ingga hamda sinovlarga 
sabrli, matonatu bardoshlik bo’lmog’ingga davat etsin! 
Har bir oyning muayyan kunlari ro’za tutishni vazifa qilgin! Bu xayrli amallarda ham odamlar senga 
ergashsinlar! O’zingni doimo tekshir, qattiq nazorat qil! Nazorating dunyo va oxiratingta manfaatli 
bo’lsin. 
Shuningdek, ilmingdan dunyo maqsadlariga yetishlari, uni amalga oshirishlariga yo’l qo’yma! 
Ey, shogird! Ro’zg’or va oldi-sotdi ishlarini bo-zorga borib o’zing qilmagin. Buning uchun bir solix 
g’ulom, xizmatchi olgin. Mol-dunyoga senda ham unda ham qiziqish bo’lmasin. Mollaringga va bu 
to’g’ridagi amallaringta ham Allohning huzurida tik javob berishingni unutma! 
Хizmatching bitta solix 
va sodiq bo’lsin! 
Хizmatchilarni ko’paytirma! Imkon qadar ular o’spirinlar ham bo’lmasin! 
Ey, shogird! Podshoh va amaldorlarga yaqinligingni o’zing izhor qilma. Harchand, ular izhor qilsalar 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling