Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 hojatlar deb ketishing og’ir musibatdir. Balki hayoting yana ham tangroq, balo va ofatlar bilan mashaqqat girdobiga tortilishiga sa-bab bo’ladi. Zinhor ilm tahsilini tark etmagin. Ey, shogird! Ahl ilm va axli fazllarga juda ehti-romli va e’tiborli bo’l! Yoshi ulug’larini ustozingdek, yoshlarini esa sadoqatli shogirdlaringdek bil! Agar yordamlaridan foydalangan bo’lsang, o’z otang va far-zandingdek ko’r! Shunday go’zal va betakror muomala, doim ochiq chehra bilan qarshi olgin! Bu go’zal hulqing ularda ilmga rag’batlarini kuchaytirishi kerak. Ey, shogird! Ilmim bor deb bozor, ko’pchilik yig’iladigan joylarda, shuningdek, bozor ahli bo’lganlar va ko’pchilik ichida yuradigan kishilar bilan muzokara qilib, talashib-tortishib yurmokdan ehgiyot bo’l! Chunki, bu yuzin-gni nurini ketkazadi. Viqor va salobatingni insonlar ko’zidan yashiradi. Azizim! Haqni aytishdan, haqiqatni yuzaga chiqarishdan hech kimdan, hatto podshoxdan ham tortinma! Bu to’g’rida uyat, andishaga yo’l qo’yma! Zero, Alloh Hakdir, haqni yaxshi ko’radi. Rostgo’y va haqiqatgo’ylarni do’st tutadi! Ey, farzandim! Ibodatlaring ko’p bo’lsa, bo’lsin. Ammo, boshqa kishilarning ibodatidan kam bo’lishiga rozi bo’lmagin! Тoatga muhabbating va rag’bating kuchliligi bilan mumtoz bo’l! Chunki, ibodatlaring kam yoki barobar bo’lsa, odamlar sen haqingda turli sapbiy e’tiqod qilishlariga sabab buladi. -O’zining taqvo, ibodati shu bo’lsa, gapini qabul qilish, ishonish qanday bo’lar ekan?- deb o’zlaricha fikr yuritadilar. -Ilmi o’ziga foyda bermabdi, bilganiga amap qil-mabdi va yana shu kabi turli gap tarqatadilar. Bu ilm va shariatga ulqan ofatdir! Bundan saqlanish uchun mu-tolaa va ibodatingga ziyodalik baxsh et ham ularga mus-tahkam bo’lgin! Ey, azizim! Biron shaharga borsang, bu joyni o’zin-gniki qilib olmagin. Chunki, har bir o’rmonning o’z sheri va boshqa ayonlari bo’lgani kabi, bu joyning ham o’z ahli ilmlari bor. Ilm va taqvoyu riyozating sababli aholi qalbini egallashga oshiqmagin! Balki, ikki dunyo tinchlik va xotirjamligini xohlasang, shu yerlik insonlarning biri bo’l! Хalq orasida bunday sifat bilan mumtoz bo’lish undagi ahli ilm obro’-martabalariga putur yetishiga bois bo’ladi. Ular buni sezib qolsalar nima natijalar bo’lishini idrok eta olsang kerak! Hammalari senga qarshi chiqib, seni obro’-e’tiboringga ta’na va ziyon yetkazadilar. Mazhabingga aybu nuqsontoshini otadilar va shu bilan birga shahar aholisini ham senga qarshi qo’yadilar. Natijada senga ishon-maydiepar, «aybu nuqson»lar bilan ajablik va qola-versa, qarg’ish olgan kimsaga aylanasan. Shuning uchun ham bu diyorda o’zingga ham, boshqaga ham foyda bera olmaysan. Eng yaxshisi shu diyorning oddiy bir fuqarosi bo’lib yurgin va astalik bilan jamiyatda o’z o’rningga intil, to ilm quroling va odob libosing bo’lsin. Ey, shogird! Biron masala yuzasidan fatvo so’rab kelsalar, hech qachon munozara qilib, talashib tortishib bahslashmagin! Har bir aytgan so’zing, hatto ishoralaring ham dalil bilan isbotli bo’lsin! Imkon qadar ularni ochiq va hammaga ma’lum qilib keltir! Ustozlariga ta’na va malomat g’uborini zinhor to’kma, bunga ishora ham qilmagin. Agar ularni ustozlariga ta’na, aybu nuqson yopishtiradigan bo’lsang, shubhasiz, ular ham sening ustozlaringga shularni qiladilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling