Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 Nafsu havoyim meni yo’ldan urdi Sharmandalar anhoriga tuban surdi. Yuzim qaro qildi, ilgimda shay yo’q, Hay huzurida dilimda hayo, sa’y yo’q. Do’stim aytdi, buning davosi bordir, Nafsu havo kushandai g’avg’osi dordir. Osib bergin orom dardmandalarga, Ibrat bo’lsin uchun sharmandalarga. Havoi nafsga qarshi kurash emas oson, Matonatu bardoshni mahkam tutsin inson. Haqiqat shuki, nafsu havo yo’li xorlik va sharmanda-lik yo’lidir. Agar bilsang, nafsu havoni dorga osadigan amal, uni xor va sharmanda yana ham sharmanda qiladigan joyi amaldir. Bu oson emas, kim nafsiga qarshi kurashar ekan, unga ko’p musibat va imtihonlar yog’ila boshlaydi. Albatta sabr va qanoatni kasb qilsin. Donishmandlar: Orzu umidlarga erishish qop-qop mehnat va imtihonlar ustidadir. Quyidagi hikmatni hazrat Ali (r.a) aytganlar: Ogoh bo’lkim, ilm va uning fayzu ravnaqi olti narsaga rioya qilinganda hosil bo’ladi. Ularning barchasini bayon etay: Zakovat - ziyraklik, ilmga chanqoqlik, sabru-qanoatla yetuklik - kifoyatlik, ustoz irshodi yo’llanmasi, hamda uzoq vaqt darkor. Sherik, hamxona tanlashda tirishqoq, jiddiy, parhezlik, taqvodor hamda mustahkam irodali, xulqi mustaqim o’zgarmaydigang va fahm-farosatli, tushunadigan va tushuntira oladigan kishini ixtiyor qilish lozim. Тa-biiyki, dangasa, e’tiqodi sust, sergap, buzg’unchi va fitnachilik xislati bor kishidan uzoklashishi kerak. Hikmatlarda: Kishining kim va qanday ekanini o’zidan so’rama! Balki uning yaqinlariga, do’stlariga qara! Aql bilan nazar qil! Chunki inson do’stlariga ergashadi. - Kimki, tilasang bilay, maqolin angla, Aslin desang anglayin, fiolin angla. Kirdikorig’a boqib asl holin angla, Aslig’a dalil aning hisolin angla. Ular yomon va noshoista fe’lu xulqlik bo’lsalar, zud-lik bilan ulardan uzoqlash. Agar yaxshi va ijobiy fe’-llik bo’lsalar, ular bilan do’stlash. Samimiy munosa-batlar o’rnat. Shunda to’g’ri yo’l topasan, hidoyatga erishasan. She’r: Yaxshi libos tanga oroyish, Yaxshi ko’ldosh jonga oroyish. Kishi aybing desa, dam urmag’ilkim, ul erur ko’zgu, Chu ko’zgu tiyra bo’ldi, o’zga aybing zohir aylarmu?! Har qanday holda bo’lsangda, dangasa bilan do’stlash-ma, hamsuhbat bo’lma! Qancha solih, yaxshi insonlar bor ediki, ular sheriklarining buzg’unchiligi, yomonligi bilan buzildilar, yomon otliqqa aylandilar. O’zini qattiqqo’l qilib ko’rsatadigan va bezbet kishi dushmanimdir. U kul ichiga qo’yilgan cho’g’ kabidir, kul esa cho’g’ning o’chib qolishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, sen ham bir cho’g’ misoli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling