Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
11 Ilm o’rganish eng oliy martabadagi ishlardan hisoblanadi. Naql qilinadiki, ilm talabida bo’lmoq nafl ibodatlar qilishdan ko’p marta afzaldir. Shuning uchun, ilm talab qilishda maslahat, kengashga solish zarur va vojibroqdir. Ulug’ donishmand: -Agar Buxoroi sharifga ilm hosil qilish va haqiqiy ustozni topish maqsadida borsang, ixtilofli masalalar va turli savollar topib, u joydagi ahli ilm va ulug’ ustozlar bilan bahs, munozara qilishga shoshilma! Ulug’ imomlar o’rtassdagi ixtilofli masalalarda muzokaraga oshiqma! Balki ikki oy sabr qil, to bir ustozni o’zingga tanlab, u xakda yaxshilab o’ylab fikr yuritgaysan. Ustoz to’fisida darhol xulosa chikarishga shoshilma! Agar Buxoroi sharifga kelib, sinamay biron ustozdan saboq olishni boshlasang, uni bilmaganing uchun keyinroq dars o’tish uslubi seni qiziqgirmay ko’yishi mumkin. Natijada o’sha darsga ham, ilmga ham qiziqi-shing qolmaydi, xatto uygonmaydi ham. Bu darsni tark etish va ustrzdan uzilish bilan tugaydi. Maqsading hosil bo’lishi uchun yana boshqa ustozni izlaysan, unda ham dars boshlab, avvalgi ishlaringni takrorlaysan. Shuning uchun Alloh ilmingga baraka bermaydi. Ilmda darajaga ega bo’lsang ham na o’zing, na boshqaga naf bera olasan. Buning zamirida yana bir ko’z ilhamas sir bor. Тark etgan ustozlarning ko’nglini ranjitganingdir. Zero, bir harf o’rgatgan ustozning roziligini olish, qanday ustoz bo’lsada, uni hurmat qilish va bu to’g’rida va’da qilingan lutfu inoyatni topish shogirdning hayotiy mazmuniga aylangan vazifasi bo’lmog’i shart. Shuning uchun ham bu ishda yaxshilab tafakkur qil! Ilm olish muhim va nozik masala bo’lishi bilan birga, unga ustoz tanlash ham o’ta muhim va zarur masaladir. Ko’p maslahat va kattalarning ko’rsatmalarini olib, mazkur shart-sharoitlarning ko’pini o’zida mujassamlagan bir ustozni top! Тo uni tark etish va darslaridan qolishga ehtiyoj sezmagin! Mana shunda ta’liming ba-rakotli va xayrli bo’ladi. Ilming foyda beruvchi va o’zing manfaatli ilm sohibi bo’lish uchun ustoz huzurida sobit va mustahkam turasan. Bilgilki, har bir ishda sabru chidamlik, qanoatli hamda sabotli kabi yuksak fazilat egasi bo’lish, o’sha ishni komil egallashda asl va asos hisoblanadi. Afsuski ushbu fazilat insonlarda topilmaydi, kam uch- raydigan noyobxislatdir. She’r: Oliylikka intilganga darkor harakot, ammo Kishilarda kam uchraydur sibotumatonat. Bir donishmand: «Bir soat sabr qilmoq shijoatdur», deganlar. Shuning uchun ham, talaba ustoz oldida sabot, sabr va yuksak qanoat bilan qoim bo’lishi kerak. Uni mehru shafqatini va xayrli duosini qozonsin. Bir kitobni oxirigacha o’qib tugatmasdan, boshqa ki-tobga o’tmasin. Shuningdek, bir fanni kamolga yetkazmasdan, boshqasimi ixtiyor qilish yoki zarurat bo’lmasa, boshqa shaharga ko’chishga jazm etmasligi kerak. Aslida bu ilm ofatlaridandir. Chunki, imldan chalg’itadi va boshqa narsaga majbur qiladi. Qalbni befoyda narsa bilan o’raydi. Vaqtini zoye ketkizadi. Eng zararlisi, muallim ko’ngliga aziyat keltiradi. Muhabbatini so’ndirib, o’zi ham ko’p ozor chekmog’iga sabab bo’ladi. Тalaba nafsu havosi chaqirayotgan narsalarga qar-shilik qilishi va shafqatsiz bo’lishi hamda og’ir, sabr-li bo’lishdek yuksak axloqiy fazilatlar bilan sifatlanishi kerak. She’r: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling