Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
5-FASL. JIDDU-JAHD E
ТISH, ТA’LIMU-RIYOZAТGA BARDAVOM BO’LMOQ VA HIMMA ТU G’AYRAТ HAQIDA Bir mashaqqatga ikki yengillik beraman,- degan ma’noda Qur’oni karimda Allohning va’dasi bor. Shubhasiz, talaba ilmga jiddiylik bilan yondoshi-shi va ta’lim olish hamda riyozatga berilishi, unda bardavom bo’lishi, himmat-g’ayratlik, chaqqon va harakatchan bo’lishi kerak. Ushbu sifatlarni egallash ke-rakligiga mana bu oyati karima ishora qiladi: «-Bizning ko’rsatmalarni amalga oshirishda biz uchun (Alloh roziligi yo’lida) jiddi-jahd qilganlarni, samimiy harakat qilganlarni haq yo’llarimizga hidoyat qilib ko’yamiz». Ya’ni, Alloh bu oyatida o’zining roziligini niyat qilgan holda sa’y-harakat qilganlarni ma-qsadlariga erishtiraman, - deb va’da qildi. Faqat shayton noumid, inson esa say’-harakatlarining natijasiga albatta erishadi. Mashoyixlarimiz bu hakda shunday deganlar: kim biron narsani talab qilsa, unga erishish yo’l-yo’riqlarini izlasa va bu ishida jiddiy kirishsa, talab qilgan niyatiga erishadi. Kim eshikni taqillatsa va qat’iyatlik ko’rsatsa, shu eshikdan kiradi. Ya’ni, Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 21 oxiri javob oladi. Chunki, har ishga jiddiy kirishilsa, uning samarasiga erishiladi. Yana debdilarki, orzu-umidlarga chekkan mashaqqatlarning mikdoricha yetasan. Dono xalqimizning: «Jon kuydirmasang, jonona qayda, Тoqqa chiqmasang, do’lona qayda?!» - degan purhikmat so’zlari ham bu fikrni qo’llab quvvatlaydi. Inson orzulari sari intilmog’i, yo’lidagi to’g’anoq, aziyat va qiyinchiliklarni yengish uchun yeng shimarib, sa’y-harakatga kirishmog’i kerak bo’lar ekan. Ba’zi manbalarda, har qanday maqsad sari qadam bosishda va komil sifat egasi bo’lib yetishishda uch toifa kishilarni sa’yu harakati, sabru matonati va qiziqishi, intilishi zarur bo’ladi,- deyilgan. Birinchisi mutaap-lim o’rganuvchi, ya’ni shogirdga va ikkinchi ustozga hamda uchinchisi ota-onasiga bog’likdir. Modomiki, ular hayot bo’lsalar, hammalarining ehtimomlari bilan kishi o’zining maqsadlariga erishishi mumkin. Zero, ilmu-hunar o’rganmoqqa zavq, intilish borligi, munosib ustozni topa bilishi, ota-onaning hayot bo’lishlari Allohning bandaga bergan juda ulug’ ne’matlaridandir. Shayxul Islom, buyuk imom, ustoz Sadiduddin Sheroziy ash-Shofeiy hazratlari: Qimirlagan qir oshar, derlar Ham tinmagan tinar, derlar. Mushkilotni jiddiylik ketkizar, Har uzoqlarni uzog’in ketkizar. Haq,- dedilar: intilganga tole’ yor, Har makonda ochiq eshik bor. Jiddiylik, qat’iyyatlik har qanday va har bir uzoq, mushkil ishni amalgaoshiradi, uni yaqinlashtiradi, yopiq eshiklarni ochadi. Darvoqe’, hayoti torlik, qiyinchiliklar bilan sinalayotgan kishi, Allohtaoloning bandapari ichida himmat va hayrat sohibi bo’lishga haqlirokdir. Akdpi, olimu fozil insonlar nochor, kambag’al bo’lib, kamtarona hayotlari va shu bilan nodon kishilarning maishatlarining bekamu ko’stligi, Alloh taoloning hikmat bilan xohlagan ishini bajarishiga dalil hisoblanadi. Kim ilmu fahm ne’mati bilan rizqlangan bo’lsa, bahosi yo’q ne’mat egasi bo’libdi. Хikmati ilohiyga ko’ra, bunday bebaho ne’matsohibi ko’pincha, moddiy boylik, mol-dunyo kengchiliklaridan mahrum bo’ladi. Demak, aql bilan nodonlik, boylik bilan kambag’allik hech jamlanmaydilar. Biri boshqasini albatta surib chiqaradi. She’r: Mehnat ila mashakhat jonga huzur, Adnoyu oliy maqsadlarga yetkuzur. Mehnat qilmay maqsadga intilmoq, Yo’l avvalida orqada ko’p qolmoq. Umidsizlik dashtida o’zin topar Har o’tkinchi it ham uni qopar. Bemashaqqat, mehnat qilmay, qiyinchilik ko’rmay chuqur bilim egasi, munozara o’tkaza oladigan yetuk olim bo’lishni istaysanmi?! Bilgilki, jinnilikni turlari ham juda ko’p. Ya’ni, bunday yo’l bilan ilm talab qilish aqlsizlik va jinnilikdan dalolatdir. Hatto dunyo ma-tosiga ega bo’lish uchun ham qancha qiyinchilikni, g’amtashvishlarni boshdan o’tkazish kerak. Ilm qiymatsiz boylik bo’lsa, qanday bemashakhat bo’lar ekan?! Zero, mashoyixlarimiz: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling