Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 Va favqa kulli zi ilmin alim!2 Ahli ilm hurmatin etdi ma’lum. Fiqh ilmi ilmlar uzra iftixor, Sohiblari hech bo’lmaslar xoru-zor. Har qanday ilm sohibi izzat topmoqqa loyikdir. Har qancha faxrlani_ga munosibdir. Ammo fiqh ilmi va uning sohibi iftixorga hamda izzat ikromga ko’proq loyikdir. Haqiqatda fiqh ilmi fazilati bilan boshqalaridan ko’ra a’loroqdir. Bu xuddi attorning rastasida rango- rang xushbo’y atirlar bo’lsa ham, mushku anbar oldida uyalib qolgani kabidir. Qancha kushlar ham lochin kabi baland ucholmaganidek, fiqh ilmi ham, lochin yoki mushk kabi ilmlar ichida o’z salmog’i va mavqeiga egadir. Zero, fiqh ilmi ilmlarni nafisi va nozigidir. Sen uni o’rganuvchi va to’plovchisi bo’lgin! Ilm o’rganish jarayonida inson ilm iftixor va hurmati tamoyillarini ham o’rganadi. Shuning uchun sen, bilmaganlaringni o’rganishga harakat qil! Bilgilki, ilmning avvali ham, oxiri ham unga iqbol qilish, unga yuzlanish bilandir. Ba’zi nusxalarda: «Kim ilm olsa, albatta, ilm tufayli hosil bo’ladigan obro’-hurmatdan mahrum bo’lmaydi,- deyilgan. Aqlli kishi uchun ilm va fiqhning lazzati talabi ilmda doimo bo’lishiga to’liq kifoya qiladi. Dangasalik va boqimandalik goho og’iz va tamokda namni ko’pligidan tug’iladi. Тufuk va balg’amning me’yoridan ziyodaligi kishi ichki dunyosiga salbiy ta’sir qiladi. Buni kamaytirish yo’li taomni kamroq tano-vul qilish bilan bo’ladi. Bu bilan oz bo’lsada dangasa-lik shifosi hosil bo’ladi. Ulug’ donishmanlardan rivoyat qiladilar, payg’ambarlar yoki buyuk donishmandlardan yetmishtasi yoddan ko’tarilish, zehnni sustligi faqat balg’amning ko’pligidan paydo bo’ladi,- deb ittifoq qilganlar. Ko’p balg’am ko’p suv ichishdan paydo bo’ladi, suv ichishga talab ko’p taom yeyishdan bo’ladi. Qotgan non hamda mayizni o’z so’lagi bilan yeyish balg’amni kesadi va yo’q qiladi. Ammo mayizni ko’p yeyish ham to’g’ri emas. Chunki, suv ichishga ehtiyoj sezdiradi. Bu yana balg’amni ko’payishiga sababdir. Shuningdek, misvok balg’amni kamaytiradigan omillardan biridir. Misvok bapg’amni kamaytiradi va yodda saklash qobiliyatini ziyodalashtiradi. Nutqni fasohat-lik, ravon bo’lishiga yordam beradi. Zero, misvoktutish muborak sunnati saniyadir. Shuning uchun, ibodatning savoblarini ziyoda qiladi. Balg’am va og’izdagi namning choralaridan biri qayt qilib tashlash hisoblanadi. Yana bir muolaja - taam-mul, ya’ni oz yeyishning foyda hamda hikmatlari haqida o’ylash bo’ladi. Zero, oz tanovul qilish salomatlik va iffatdir. Pokizaham go’zal bo’lishdir. Ko’p tanovul o’zini o’z qo’li bilan kasalliklarga arz qilish va izzatidan ayrilishdir. O’z sog’ligini, foyda va izzatini afzal ko’rish esa oz yemoqda ekani aniq. She’r: Har ish me’yorida bo’lsa, xo’b mahbub Тanovulning me’yori senga do’sti xub. Ovqat deb izzatingdan ayrilma, Maqomi jannatingdan yuz qayrilma. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling