Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 255 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/67
Sana21.08.2023
Hajmi255 Kb.
#1668912
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
Mehru qalbim rishtasin tutmoquchun. 
Lek aytdim anga: mani qo’ygin xoliy, 
Qalbimda yo’kdur makon sanga,
Ilm rishtasin tutmoq uchun.
Ilm taqvo va fazilatga yo’lboshchi,
Anglakim, barcha boyliklar sardori. 
Ziyrakligi, donoligi bilan meni o’ziga bog’lab olgan va yanoqlarining yashnashi va ko’zlarining 
malohati bilan meni rom qilgan zotga salomlar bo’lsin! Meni shunday koyidiki, bir go’zal, malohatlik 
jonon yoqtirib qoldi. Uning vasfini aniq tasvirlashga, xulqu ko’rinishini maromiga yetkazib sifatlashga 
aql hayron qoldi. Shunda unga: «Meni xoli qo’y! Uzrlarimni qabul et! 
Хohishlaringga yurolmayman. 
Chunki, men vujudimni ilm olishga bag’ishlaganman! Qalbimni faqat shu kuchli o’rab olgan. Bilsang, 
men ulug’ fazilat, parhez va taqvo talabidaman. Bu barcha boyliklardan ham bebahodir. U dunyo 
muhabbatini tanimoqdan ham behojat qilur!»- dedim. 
Ammo yodda saqlamaslikni ushbu ishlar ham sodir etadi: 
-xom piyoz, nordon olmalar yeyish; 
-osib qo’yilgan narsalarga qarash, masalan: yuvilgan kirlar va shu kabilar; shuningdek, 
-qabristondagi yozuvlarni o’qish; 
-tuyalarni orasidan o’tish; 
-bit-burgani o’ldirmay tashlash hamda 
-kumush asboblar bilan yelkadan qon oldirish - bularning hammasi zehnni zaiflashuvini keltiradi. 
13-FASL. RIZQ HAMDA UMRNI ZIYODA VA KAM QILADIGANLAR 
ТO’G’RISIDA 
Shubhasiz, tolibi ilm nima ovqat yeyayotganiga e’ti-bor bermog’i shartdir. Halol, pokhamda shubha
makruhlardan va albatta, haromdan xoliy bo’lmog’iga qattiq harakat qilmog’i kerak. Barcha ozuqalar 
bu jasadning quvvatini ta’minlasa, inson shu kuvvat bilan dunyo va oxirat ishlarini bajaradi, ibodat 
qiladi, ilm o’rganadi va kasb-xunar qiladi. Shuning uchun, tolib ozuqasiga tegishli barcha ilmlardan 
boxabar bo’lmog’i, ularni og’ishmay tatbiq et-mog’i zarurdir. Nima taomlariga baraka keltiradi va 
mahrum etadi, buni yaxshi bilmog’i kerak bo’ladi. Shuningdek, umr va salomatlikki ziyoda va 
mustahkam qiladiganlarni ham yaxshi bilishi zarur. Shunda ilm uchun qilgan harakatlari zoye 
ketmaydi, balki ilm va tajribalarini oshirishga imkoniyatlari kengroq bo’ladi. Ulug’lar bularning har 
biri haqida ko’plab kitoblar yozganlar. Ushbu o’rinda shu kitoblarda bayon qilingan ba’zi zaruriy 
masalalarni keltiramiz. 
Janob payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.): 
-Alloh taoloning belgilab qo’ygan taqdirini hech narsa o’zgartira olmaydi, faqat duogina, u ham taqdiri 
ilohiy ila o’zgartirishi mumkindir. 
Alloh belgilagan takdirdagi inson umri ham biron sabab bilan uzayishi yoki kamayishi mumkin emas, 
ammo yaxshilik umrni ziyoda qiladi,- deganlar. Ushbu hadisi sharifni davomida: 
-Haqiqatda kishi yo’l qo’ygan kamchiligi va gunohi bilan rizqnasibasini kesib ko’yadi, boridan ham 
mah-rum bo’lib qoladi, - deydilar. 
Ushbu muborak hadis gunohukamchiliklar inson rizqini kamayishiga sabab ekanini bildirayapti. Rizqni 
kamayishini keltiradigan omillardan biri yolg’onchi-lik bo’lib, janob Rasululloh (s.a.v.): 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling