Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 Hayotda avval ilm tahsil qil, keyin kasb-xunar qilib haloldan mol-dunyo to’pla! Shunday keyin uylan! Chunki, agar ilm tahsil qilayotgai vaqtingda moldavlat talabiga o’tsang, shubhasiz ilm olishga ojiz bo’lasan. Moldavlating ko’payib, maishatga qiziqasan, cho’ri va yosh xizmatchilarga sotib olishga rag’batiig oshadi. Shu bilan davlat ko’paytirish va xotinlar bilan mashg’ul bo’lib qolib, ilmdan benasib bo’lasan. Umring va qimmatli vaqtlaring bekor ketadi. Keyin bolalaring ko’payadi, ahli ayol g’am- tashvishlari ham ortib, o’z-o’zing bilan bo’lib qolasan. Shubhasiz, hojatlarini chiqarish va manfaatlarini ziyoda jalb qilishga berilasan. Natijada ilmni va uning foydalarini tark qilasan! Ey farzand! Yoshlik vaqtingda ilm bilan shug’ullan! Yoshlikni g’animat bilib ilm, kasb-hunar egalla! Chunki, unda qalbing turli g’am-tashvish, muammolardan holiy bo’ladi. Nimani qiziqib o’rgansa, qalbga o’rnashadi. Ilm va kasb egallagandan keyin moldavlat yig’ishga harakat qilsang, to’g’ri yo’l tutgan bo’lasan. Ahli ayol, far-zandlarni ko’pligi, shubhasiz, qalb va hayolingni egal-laydi, tashvish va muammolar ko’nglingni band qiladi. Qachon moldavlat to’plasang uylan. Maslahat bilan munosib va salohiyatli kishilarning soliha farzandini turmushing mazmuniga aylantir. Ey, shogird! Тaqvoni, Хudodan qo’rkuvni o’zingga kasb qil! Shioringham, qadamingham muttaqinlar shiori va qadami bo’lsin! Omonatdor bo’lmoq, omonatni sohibiga belgilangan vaqtda ado etishga qattiqtirishgin! Omonatda ham, xalq ommasiga qilgan pandu nasihatlaringga avvalo o’zing amal qiluvchi bo’l! Haqning ham, xalqning ham oldida yuzing yorug’ bo’lishiga sabab yo’lni ravo ko’r! Ey, farzand! Zinhor taqvo va ilming yoki boshqa xis-latlaring tufayli odamlarga past nazar bilan qara- magin. Hurmatingni ham unutma! O’zingni qancha e’zoz va ulug’lasang, boshqalarni ham shunchalik e’zozu ikromga munosib ko’rgin! Insonlarga qiladigan muomalalaringda juda ham ehtiyot bo’lgin! Ularning hayotlariga o’zingcha aralashma! Ishlariga ham kirishib ketmagin! Faqat, agar aloqa bog’lasalar, sen bilan salom-alik qilsalar, o’z hurmatingni bilgan holda muomala va muoshara o’rnat! Ilm bilan, faqat ilm bilan aloqada bo’l! Тurli xayrli masalalar yechimi bilan ularga iqbol qil! Ne saodatki, agar ular ilm ahllaridan bo’lsalar, ilm bilan mashg’ul bo’ladilar. Agar unday bo’lmasa, ular seni yaxshi ko’radilar, ilm va ilm ahliga qalblarida muhabbat uyg’onadi. Ey, shogird! Din ishi, ahkomlarini omma ichida keng ravishda targ’ib va tashviq qilishdan saqlan! Dunyo ishlari bilan bog’lab barobar gap yuritishga harakat qilgin! Chunki, odamlar senga ihlos qiladilar, gaplarin-gga ergashadilar va batamom din bilan shug’ullanib qoladilar. Buni oqibatini tafakkur qil! Ey, farzand! Biron masala yuzasidan fatvo so’rasalar, so’ralgan masalagagina javob bergin! Hech bir masalaga yana boshqa masalaning javobini qo’shib javob bermagin! Chunki, bunda so’rovchilarni chalkashtyrib ko’yish mumkin bo’ladi. Hatto mubham va mushavvish qiladi, aniq javob topolmay sarson bo’ladi. Shuning uchun, so’ralgan savolga, o’zi fahmlaydigan qilib, lo’nda va ixcham javob axtargin! Ey, farzand! Ogoh bo’l! O’n yil kasbu hunarsiz, ovqatsiz qolsang ham ilmdan voz kechma! Zero, ilmdan yuz o’girish barcha yaxshilikdan yuz o’girishdir. Ilmdan qornim, mansabim yoki boshqa dunyo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling