Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 Ey, farzand! Muomalalaringni barchasida ogoh bo’l! Qodir bo’la olguningcha ogoh va ehtiyotkorlikni eng za-ruriy burching deb bil! Zero, mo’’min banda doim ogoh va itoatkor bo’lmog’iga amr Allohning Kalomi majidida bordir. Ey, ko’zlarimning nuri! Qalbingda Alloh bilan qanday bo’lsang, oshkoringda ham xuddi shunday bo’l! Ichingda ham^sirtingda ham, yolg’iz qolganingda, jamoat orasida ham Yaratgan parvardigoring bilan orada ikkiyuzlilikka yo’l qo’yma! Bunday hulqning avvaliyu oxiri voy va mudhishdir. Aps muammolarini ham ichi-tashini bir maromda isloh qilib olganingdan keyin hal qil! Maqsad Allohning rizoligini topish va albatta, uning qattiqazo-bi va g’azabidan saqlanish bo’lmog’i kerak! Shuninguchun, ilm maslahati bahonasi bilan dunyo muommolarini hal qilma! Seni ilming, taqvo va oxiratingga durust kelmaydigan biron amalni tavsiya etsalar, zinhor unga yuzlanma, uni qabul qilma! Ammo bu bilan dinga, ilmga va oxiratga foyda yetkazishingta ko’zing yetsa, uni udda-lashingga imkoning borligini fahmlasang, uni qabul qil! Unda ilm uchun, din uchun mustahkam tur! Тurli majlisda va ayniqsa, ilmiy- munozaralarda qo’rquv va ikkilanish bilan so’zlashdan saqlan! Da-lil-isbotlar izlashdan charchamoqni o’zingdan uzoqtut! Gapirganingda dadil, o’zingham ishonib, pishiq-puxta gapir! Ma’no va hikmat bilan tinglovchilarni o’zingga jalb et! Ey, shogird! Ko’p kulmokdan saqlan! Zero, ko’p kulgu qalbni o’ldiradi, yuzingni nurini ketkazadi. « Тirik qalb» sohibi esa abadiy zehn, odobu axloq va boshqa fazilatlarda namuna bo’lish quvvatiga ega bo’ladilar. Хotirjam, viqoru salobat bilan yurgin! Ammo yengil va tez, hushharakat bo’lgin! Og’ir va shoshqaloq bo’lmoqdan saqlan! Har bir ishingni shoshib chala amalga oshirishdan uzoq bo’l! Orqangdan chaqirgan kishiga javob qilma! Chunki, hay-von orqasidan chaqiriladi. Gapirganingda ovozingni ko’p baland qilma! Qichqirib, shovqin solib gapirma! Sukunatni (jim turishni) odat qil! Yana kam, ammo aniq harakatli bo’lishni ham odat qil! Shunda kishilar na-zdida o’z ilmingga amal qiluvchi bo’lasan va turli fitnalar barham topadi. Yolg’izligingda va ayniqsa, imsonlar orasida bo’lganingda Alloh taoloni ko’p yod et! Тo insonlar zikr qilishni sendan o’rgansinlar. Namozdam keyin o’qiydigan vir-dlarni vazifa qilib olgin. Virding Qur’on karim, zikr va shukrdan iborat bo’loin! Bu vird ne’matlarga shukr qilmog’ingga hamda sinovlarga sabrli, matonatu bardoshlik bo’lmog’ingga davat etsin! Har bir oyning muayyan kunlari ro’za tutishni vazifa qilgin! Bu xayrli amallarda ham odamlar senga ergashsinlar! O’zingni doimo tekshir, qattiq nazorat qil! Nazorating dunyo va oxiratingta manfaatli bo’lsin. Shuningdek, ilmingdan dunyo maqsadlariga yetishlari, uni amalga oshirishlariga yo’l qo’yma! Ey, shogird! Ro’zg’or va oldi-sotdi ishlarini bo-zorga borib o’zing qilmagin. Buning uchun bir solix g’ulom, xizmatchi olgin. Mol-dunyoga senda ham unda ham qiziqish bo’lmasin. Mollaringga va bu to’g’ridagi amallaringta ham Allohning huzurida tik javob berishingni unutma! Хizmatching bitta solix va sodiq bo’lsin! Хizmatchilarni ko’paytirma! Imkon qadar ular o’spirinlar ham bo’lmasin! Ey, shogird! Podshoh va amaldorlarga yaqinligingni o’zing izhor qilma. Harchand, ular izhor qilsalar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling