Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 255 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/67
Sana21.08.2023
Hajmi255 Kb.
#1668912
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Albatta, bu masala yuzasidan boshliq va boshqa amal-dor huzuriga yolg’iz o’zing kir va imkon qadar 
uning ham yolg’iz bo’lishiga harakat qil! Shunda imonu e’tiqoddan kelib chiqib, shariat 
ko’rsatmalariga muvofiq ravishda unga nasihat qil! Agar o’zi bad’atchi bo’lsa, u bilan ilmiy munozara 
qil! Bu ishni yolg’iz 
Хudoning rizoligi uchun amalga oshir. Dalilu hujjatlaringni Qur’oni karimdan va 
janob Rasululloh (s.a.v.)ning muborak hadislaridan qoim qilgin! 
Bu dargoxda so’zlaring qabul bo’lsa, nur ustiga a’lo nurdir! Agar so’zlaring qabul qilinmasa, insof va 
tavfiq so’rab, Alloh taolodan seni o’z hifzu himoyatida saqlashini iltijo qilgin! Ularga Allohning o’zi 
kifoya bo’lishini so’rab duo qilgin! 
Ey, o’g’lim! Bu olamdagi eng haq narsa -foniylikni, ya’ni o’limni unutmagin, doim Haq zikrini 
yodingda tut! Ilmu xunar o’rgatgan barcha ustoz va murabbiylar haqlariga istig’for ayt! Duoda 
bo’lmoqni o’zingga vazifa qilgin! 
Allohtaoloni nuri Qur’oni karim tilovatiga bardavom bo’l! Qabristonlarni tez-tez ziyorat qilib tur, ular 
oxirat manzillariningengavvalidir. Qabriston, indamaslar olami hikmat va ibratlaridan foyda ol! 
Shayhu mashoyix, mo’ysafid, zamonaning ziyoli kishilarini hamda Allohning fayzi ila barakotli 
bo’lgan joylarni doimo ziyorat qilgin! 
Omma ichidan biron kishi tushida janob Rasululloh (s.a.v.)ni ko’rdim desa, yoki boshqa biron ulug’ 
zot, solih .insonni tushimda ko’rdiKy desa, shuningdek, Alloh ulug’ va muborak qilgan manzil-
makonlarni ko’rdim deb senga yuzlansalar, zo’r mamnuniyat bilan haq deb qabul et! Masjid, qabriston 
va muborak, fayzli joylarda solihlarni ro’yosida ko’rganlarni ham xursandlmk bilan qabul qilgin! 
Ey, shogird! Nafsu havosiga ergashgan, mol-dunyoga qul bo’lganlar bilan o’tirma! Faqat din, imon-
e’tiqodga da’vat etish maqsadida bo’lsa ular bilan majlis qur! 
Jamoatda, shogirdlaring orasida va boshqa o’rinlarda ham o’yinqaroqlik va so’kinib gapirishni tark et! 
Bunday illatni odat ham qilma! Chunki, ahli ilmning o’yinqaroqligi va so’kinuvchanligi nafaqat 
o’zining, balki dinning e’zoz va ehtiromiga g’ubor tushiradi. 
Ey, azizim! Muazzin azon aytgandan keyin masjidga eng avval kir! Sendan ilgari biron kishi masjidga 
kirmasligiga harakat qil va doim tahoratda tayyor bo’lgin! 
Yana foydalik jihatlardan biri, hovlingni podshoh va amaldor hovli va turar joylariga qo’shni 
bo’lishdan uzoqroqtutishingdir. 
Qo’ni-qo’shnilaringdan birontasini kamchiligini yoki bir noshoista ishini bilib qolsang, uni oshkor 
qilma. Bu sirni uning uchun yashir! Chunki, bu ham omonatlardan biridir. Odamlarning sir-asrorlarini 
oshkor qilishdan saqlan! 
Agar maslahat qilish uchun biron kishi kelsa, albatta, Alloh, uning dargohiga yaqinlashadigan, shariach 
talabiga muvofiq qilib maslahat bilan unga yuzlangmn! 
Ey, o’g’lim! Mening bu vasiyatlarimni, nasihatlarimni qabul etgin! Zero, u senga har ikki dunyoda 
manfaat yetkazadi, insha Alloh! Bu foniy olamda ham, bo-qiyda ham Haqning izzat va hurmatiga 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling