Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 -Yolg’onchilik faqirlik keltiradi,- deb ogoh etganlar. Oyat va hadislar hukmiga qaraganda, yolg’onchilar Хudoga banda, payg’ambarimizga ummat bo’lish va mo’’min-musulmonlik da’vosini qilishlariga haklari yo’qekan. Yana nasibani nuqsonga yuzlanishiga bir sabab tongdagi uykudir, Zero, ko’p uxlash faqirlik keltiradi, zeh-nga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ilm egallashida ham asarini qoldiradi. She’r: Kiyim kiymoq keltirur qalbga surur, Sohibi ilm bo’lmoq iftixor ham g’urur, Тark eta bilsang edi mudroq va uyquni. Insonning shodligi kiyim-kechak kiyishda bo’lsa, ilmga ega bo’lishi esa mudroq va ko’p uyquni tark etishdadir. Yana aytgan ekanlar: G’animat bilganga kechalar qanday ulug’ g’animat Kecha ham umring bir qismi, bekor ketmasin, Yema pushmon, qilma dushmon, chekma uzoq nadomat! Kechalarni foydasiz o’tib borayotgani va bu kechalar esa umrimizdan hisoblanishi eng katta nadomat emasmi?! She’r: Azizim! Kechangni bedor tut! Namozu duo, ko’zda dur tut! Musharrafi rushdu hidoyat, Omilga guvoh hadisu oyat. Ajab! Qo’rquv ko’rinmas faolingda, Kechapardin ne hisob bor maolingda? Ey sen! Kechalari ibodatga tur! Namozu duoga qoim bo’l! Shoyadki, to’g’ri yo’lga musharraf bo’lsang! Rushdu hidoyatga noil bo’lsang! Qancha kechalarni uyqu bilan o’tkazding!? Umring esa o’tib tugab borayapti! Ogoh bo’lsangchi!? Quyida zikr qilingan har bir amalni tolib yodlab, undan doim saqlanish tadorigini ko’rsin! 1.Kiyimsiz, yalong’och holda uyquga yotish. Albatta keng sharvar kabi kiyimda yotishi kerak bo’ladi. 2.Yalong’och holdatabiiy hojatlarini chiqarish (bavl, g’oit qilish). 3.G’usl vojib bo’lgan - junub holida yeyish, ichish. 4.Yonboshlab tanovul qilish. 5.Dasturxon ustiga tushgan non ushoqlari va boshqalarni isrof qilish, umuman uvoq-ushoqlarni nazarga olmaslik. 6.Piyoz va sarimsoqning po’choqlarini yondirish. 7.Kech tushganda uy supurish. (Shuning uchun uy, hujrani tozalashni, supuribsidirishni kunduzi qilib qo’yishi kerak.) 8.Uy, hujra va hovlida, boshqa joylarda axlat va shu kabi keraksiz narsalarni qoldirish, to’plab qo’yish. 9.O’zidan yoshi katta, ustoz va qariyalarning oldiga tushib yurish, hatto barobar yurishdan saqlanmog’i kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling