Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 Zehnu iqgidorim menga g’am-xasrat. Dedi: chekma tashvish zehnu iqtidoringga, Lekin avlorokdir g’amnoklik gunohingga. Ma’siyatu gunohni tark etib o’t, Тariqi mustaqimga ixlos ila o’t. Hifzu kuvvatingga rabbing inoyat aylar, Yana ko’p yaxshiliklarga hidoyat aylar. Gunohni tark etginu xalq aro mumtoz bo’l, Haqning xuzurida sohibi imtiyoz bo’l. Gunohingga tavbayu nadomat yo’q Rabbingni huzurida baxtu saodat yo’q. Bo’lib qolur abad shioring mahrumlik, Bo’lib qolur shamoiling mazmumlik. Aqli raso inson hech qachon dunyo ishlariga g’am-tash-vish chekmaydi, g’am-g’ussa, alam tortishning zinhor foydasi yo’q, ammo zarari bor. Dunyo uchun g’am yema, Hakdin o’zgani dema, Birov molini yema, Sirot uzra tutaro! ( Хoja Ahmad Yassaviy) Vaholanki, dunyo g’ami, orzu-havaslar qalbni zulmat bilan qoplaydi. Bunday qalb egasini ichi doim qish, hech yorishmas. Oxirat g’ami esa, qalbga yorug’lik beradi va bu nur kishi yuzida, ibodatlarida ko’rinadi. Bu ulug’ nur namoz o’qish, barcha xayrli amallarga chorlaydi. Dunyo uchun g’amdan man etadi, hayolni turli o’y-fikrlar band bo’lishdan qaytaradi. Chunki, dunyo tashvishi ibodatdan to’sadi, oxirat tashvishi esa ibodatga chaqiradi. Barcha yaxshiliklar ibodatdir. Namozni shikastalik bilan o’qish va ilm tahsil qilish g’am-qayg’uni samara-li ketkazuvchi omildir. Hazrati shayxul islom, buyuk imom Nasr ibn Hasan al-Marg’inoniy (a.r.) o’z qasidalarida aytganlar: Ey, Nasr ibn Hasan! Senga aytay nasihat! Yana bilki, imonli quloqqa kirgay nasihat! Ilmning bari hazinadir, bahosi yo’q, Sohibining dilida dunyo g’avg’osi yo’q. Ilmdek vafodor bormu dunyoda, Ilmdek shifokor bormu dunyoda. G’amu tashvishlarga malhamdur ilm, Dardu alamingga darmondur bilim. Ilm Haqni tanitar, shundan ul zohir, Boshqalari Haqdin burar, shundan ul botil. Shayxul islom, buyuk imom Najmiddin Umar ibn Muhammad Hasan annasafiy (a.r.) hazratlari ummu va-ladlari haqida shunday bayt yozganlar: Chu say’ etdi bir nozanin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling