Microsoft Word Iqtisodiy tahlil pv дарслик охирги doc
Download 1,54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tahlil
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI IQTISODIY TAHLIL O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan kasb-hunar kollejlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan TOSHKENT «IQTISOD-MOLIYA» 2018 2 UO‘K: 330.4.001(075.8) KBK: 65.053 Taqrizchilar: A.Rizayev i.f.n., prof.; A.K.Nazarov. Mualliflar: Z.Sagdillayeva, I.Choriyev, A.Mahmudov, O‘.Yuldasheva S 15 Iqtisodiy tahlil: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik / Z.Sagdillayeva, I.Choriyev, A.Mahmudov, O‘.Yuldasheva; – T.: «Iqtisod-moliya», 2018. – 404 b. “Iqtisodiy tahlil” kursi bo‘yicha mazkur darslik O‘zbekiston Res- publikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari hamda uning asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturi talablariga muvofiq tuzilgan va kasb-hunur kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Ushbu darslikda iqtisodiy tahlil asoslari; korxonalar darajasida boshqaruv tahlili uslubiyati: barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish, xarajatlar va ishlab chiqarish faoliyati natijalari; moliyaviy tahlil uslubiyati: moliyaviy holatni baholash, likvidlik, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash; omilli tahlil uslubiyati, ichki xo‘jalik zaxiralarini izlash va aniqlash usullari, korxonalarda analitik ishlarni tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Har bir bobda o‘zlashtirilgan bilimlarni tekshirish va mustah- kamlash maqsadida nazorat savollari keltirilgan. OT–A2–31 sonli “Korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda moliyaviy taxlilning zamonaviy usullarini qo‘llash” mavzudagi ilmiy-amaliy loyhasi doirasida chop etilmoqda UO‘K: 330.4.001(075.8) KBK: 65.053ya7 ISBN 978-9913-13-672-4 © Z.Sagdillayeva va boshq., 2018 © “IQTISOD-MOLIYA”, 2018 3 KIRISH Hozirgi sharoitda iqtisodiy tahlil korxona faoliyatining butun jabhalarini o‘zida qamrab oladi, mehnat, moddiy va moliyaviy resurs- larni samarali boshqarishga, xo‘jalik faoliyatida foydalanilmayotgan ichki rezervlarni aniqlashga imkon beradi. Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida har bir korxona o‘zining iqtisodiy xatti-harakatlarini tahlil qilishi va tashqi bozor subyektlari, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, soliq organlari va boshqalarning xatti-harakat modelidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy strategiyasi va taktikasini shakllantirishi lozim. Har bir korxona iqtisodiy tahlil asosida nafaqat raqobat sharoitida yashab qolish, balki foydali biznesni tashkil qilishga imkon beruvchi xo‘jalik faoliyati boshqaruvini tashkil qiladi yoki ertami-kechmi uning raqobatchilari bozorni egallab oladi va korxona o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Bozor tamoyillari asosida ishlab chiqilgan iqtisodiy tahlil tizimi bankrotlik haqida ogohlantirish va uni bartaraf etishning kuchli vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi sharoitida korxonalar boshqaruvida iqtisodiy tahlilning o‘rni hamda ahamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodiy tahlil asoslarini o‘rganish to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishda bilim va ko‘nikmalarni egallashga imkon beradi. Mazkur darslikning maqsadi – mamlakat milliy iqtisodiyotiga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida korxonalarda iqtisodiy tahlilning zamonaviy turlari va usullaridan foydalanishning nazariy hamda amaliy asoslarini yoritishdan iborat. 4 Download 1,54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling