www.ziyouz.com
kutubxonasi
45
palatamizdagi 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston
Ekologik harakatidan
saylangan deputatlarga berildi.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga saylov jarayonining yanada
liberallashuvini ta’minlaydigan bir qator normalar kiritildi.
Jumladan,
saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun
o‘rnatilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi.
Ayni vaqtda siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun
ruxsat berish masalasini hal etish borasida zarur bo‘ladigan
saylovchilar
imzosining miqdori avvalgi 50 ming imzo o‘rniga 40 ming qilib belgilandi.
Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5
nafardan 10 nafargacha ko‘paytirildi. Shular qatorida saylov to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga siyosiy partiyaning “vakolatli vakili” degan yangi
institut kiritildi, unga imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishini
tekshirishda, saylov uchastkalarida ovozlarni sanab
chiqishda ishtirok etish
huquqi berildi.
Yana bir muhim yangilik – qonun hujjatlariga saylov
komissiyalarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bilan
bog‘liq faoliyatida oshkoralikni ko‘proq ta’minlashga
qaratilgan
normalarning kiritilishida o‘z aksini topdi.
Shu asosda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha
bosqichlarida, shuningdek, saylov kunida
ovoz berish xonalarida va
ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: