nazorat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va boshqa qator
qonun hujjatlarini qabul qilish fursati yetdi, deb o‘ylayman.
VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni
liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish
Muhtaram yurtdoshlar!
Barchamizga ayonki, mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki
bosqichida, ya’ni 1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davrda ulkan
o‘zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e’tiborimiz markazlashtirilgan
ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining
asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit
yaratishga qaratildi.
Shu borada qabul qilingan o‘ta muhim qonun va normativ hujjatlar
qatorida Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi
qonunlarni qayd etish mumkin.
Islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Xususiy korxona to‘g‘risida”,
“Valutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat
to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi
Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha umumiy hisobda 400
dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi.
Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va
modernizatsiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga
oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo‘lib
xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantiqi va
izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini
Do'stlaringiz bilan baham: |