“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati
to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish fursati yetdi. Qonunda jamoatchilik
nazoratining turlari, shakllari va subyektlarini, nazorat predmetini, uni
amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, mazkur sohada
amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning
javobgarligi shartlarini belgilab qo‘yish zarur.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, Inson huquqlari sohasida milliy
harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng
avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson
huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson
huquqlari bo‘yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa
sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini
olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga jamiyat va davlat qurilishi, hududlarda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlari
huquqlarini belgilab bergan qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun
davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni
nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozim.
Shular qatorida sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish,
aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va shu kabi katta sotsial ahamiyatga molik
boshqa masalalar bo‘yicha muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asosini yaratib
beradigan qonun hujjatlari majmuasini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda.
Xususan, atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida nodavlat
notijorat tashkilotlarning roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan “Ekologik
www.ziyouz.com
kutubxonasi
52
Do'stlaringiz bilan baham: |