Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA 
Muhtaram muallim va murabbiylar! 
Qadrli ustozlar! 
Avvalambor, sizlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchilar va 
murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga yuksak 
hurmat-ehtiromimni bildiraman. 
Bugun dunyodagi eng ulug‘ va sharafli kasb egasi bo‘lgan aziz 
ustozlarga samimiy tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, buyuk mutafakkir 
bobomiz Alisher Navoiyning “Muallim zoti ezgulik va ma’rifat yo‘lining 
beminnat charog‘bonidir” degan hikmatli so‘zlari beixtiyor yodimizga 
tushadi. 
Bunday yuksak va haqqoniy baholar farzandlarimizni jismoniy va 
ma’naviy yetuk, barkamol insonlar etib o‘stirish, voyaga yetkazishdek 
ezgu va mas’uliyatli ishni o‘z zimmasiga olgan yurtimizdagi ming-minglab 
jonkuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz sha’niga munosib 
ekanini barchamiz bugun chuqur anglaymiz. 
Haqiqatan ham, ko‘z nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh 
avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, 
Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan siz azizlarning 
kundalik olijanob mehnatingiz oldida ta’zim etsak arziydi, albatta.
Hech shubhasiz, bu yilgi bayramning “Barkamol avlod yili”da, uning 
yuksak maqsad va vazifalariga uyg‘un va hamohang tarzda keng 
nishonlanayotgani bu ayyomga alohida ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda. 
Aziz yurtdoshlar! 
Biz mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta’lim sohasida eski 
yondashuvlardan butunlay voz kechib, yangicha tamoyillarga, milliy 
qadriyat va an’analarimizga, ilg‘or jahon tajribasiga asoslanib, hayotimizni 
tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun 
ta’lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratib, bor kuch va 
imkoniyatlarimizni shu yo‘lda safarbar etmoqdamiz.
Mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra chindan ham noyob Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi va uning uzviy davomi bo‘lgan Maktab ta’limini 
rivojlantirish dasturi bugungi kunda hayot sinovidan o‘tib, o‘z hosilini 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
berayotgani, xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani 
barchamizga haqli ravishda g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. 
Yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan turib, 
O‘zbekistonning mustaqillik yillarida – tarixan qisqa bir davrda erishgan, 
shu jumladan, ta’lim va ma’rifat sohasida qo‘lga kiritgan yutuq va 
marralari haqida keltirilgan ma’lumotlar yig‘ilganlarda katta qiziqish va 
havas uyg‘otdi. 
Eng muhimi, ana shu davr mobaynida chuqur o‘ylangan va aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan holda amalga oshirgan ulkan ishlarimiz natijasida 
mamlakatimiz dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar qatorida 12 yillik 
majburiy umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga o‘tgani O‘zbekistonimiz 
erishgan yutuqlarning yaqqol tasdig‘i sifatida qabul qilindi.
Haqiqatan ham, mamlakatimizda keyingi o‘n-o‘n ikki yil mobaynida 1 
ming 394 ta kasb-hunar kolleji, 142 ta akademik litsey, 9 ming 772 ta 
maktab, o‘nlab oliy o‘quv yurtlari yangitdan bunyod etilgani, 
rekonstruksiya qilingani va kapital ta’mirlanganining o‘zi tariximizda ilgari 
hech ko‘rilmagan ulkan hodisadir. 
Ana shunday ezgu ishlarimizning davomi sifatida maxsus dasturlar 
bo‘yicha 1 ming 200 ta bolalar sporti obyekti barpo etilgani, 278 ta musiqa 
va san’at maktabini yangitdan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib 
borilayotganini ta’kidlash lozim. 
Ayni vaqtda ushbu maskanlarni zamonaviy talablar asosida jihozlash, 
o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, internet tizimini keng joriy qilish, o‘quv-mashg‘ulot va 
laboratoriya xonalarini tashkil etish, darslik va qo‘llanmalarning yangi 
avlodini yaratish, malakali pedagog va murabbiy kadrlar tayyorlash uchun 
qancha-qancha mehnat, kuch va mablag‘ sarflangani haqida, o‘ylaymanki, 
ortiqcha gapirishning hojati yo‘q. 
Yana bir muhim tomoni – uzoqni ko‘zlab amalga oshirayotgan bunday 
ishlarimiz nafaqat shahar va qishloqlarimiz qiyofasini, balki butun 
jamiyatimiz, avvalo, yoshlarimizning dunyoqarashini, ularning siyosiy, 
huquqiy va madaniy saviyasini o‘zgartirib, mamlakatimizning dunyo 
miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda mustahkam poydevor 
bo‘layotgani bilan ayniqsa e’tiborlidir. 
Albatta, oldimizda turgan ezgu maqsadlarimizga erishish yo‘lida 
yaratilgan barcha keng imkoniyatlar e’tirof etilayotgan bir paytda, biz eng 
avvalo bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan, 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
ularni ishga solayotgan muallim va murabbiylarning og‘ir va mas’uliyatli 
mehnatining o‘rni va ahamiyatini chuqur anglab, ularni munosib qadrlash 
va baholash barchamizning doimiy e’tiborimiz markazida turishini yaxshi 
tushunamiz. 
Ayni shu maqsadda pedagog xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-
quvvatlash, ularning mehnatini rag‘batlantirish, ish haqini oshirish 
bo‘yicha yangi tizim joriy etish, o‘qituvchilik, murabbiylik, ma’rifat 
sohasida jonkuyarlik va fidoyilik ko‘rsatayotgan insonlarni Vatanimizning 
yuksak unvonlari, orden-medallari va mukofotlari bilan taqdirlash 
masalalarini o‘zimizning burchimiz deb hisoblaymiz va bundan keyin ham 
shunday bo‘lajak, inshoollo. 
Bu haqda fikr yuritar ekanmiz, diqqatingizni yana bir masalaga jalb 
etishni istardim. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda pedagogika 
yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirayotgan 
abituriyentlar soni eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 22,6 foizni tashkil 
etmoqda.
Agarki, bu nimaning dalolati, deb so‘rasa, men, bu birinchi navbatda 
mamlakatimizda o‘qituvchilik chindan ham sharafli kasbga aylanayotgani, 
yoshlarimiz o‘z o‘rnim, o‘z baxtimni aynan shu kasb orqali topaman, deb 
astoydil intilayotganining dalolatidir, deb aytgan bo‘lardim. 
Biz mamlakatimizni modernizatsiya qilish, hayotimizni yanada 
erkinlashtirish hisobidan dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar qatoriga 
kirishni o‘z oldimizga buyuk maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, ta’lim-tarbiya 
sohasidagi ishlarni aslo bo‘shashtirmasdan, yangi va yuksak bosqichga 
ko‘tarishni zamonning o‘zi talab etmoqda. 
Barchamizga ayonki, bugun hayot shiddat bilan o‘zgarib, yoshlarning 
ongi va qalbini egallash uchun turli intilish va harakatlar tobora kuchayib 
bormoqda.
Ana shunday murakkab bir vaziyatda milliy o‘zligini, kimning, qanday 
buyuk zotlarning vorisi ekanini, Vatan tuyg‘usini chuqur anglaydigan, 
irodasi mustahkam, yuksak ma’naviyatli yosh avlodgina bizga yot va 
begona bo‘lgan zararli ta’sir va oqimlarga qarshi tura oladi. 
Farzandlarimizni ana shunday ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashda 
mening eng yaqin maslakdoshim, ko‘makchim va suyanchim bo‘lgan siz, 
muhtaram muallim va murabbiylar o‘zingizning bilim va tajribangizni, 
kuch-g‘ayrat va mahoratingizni ayamaysiz, deb ishonaman. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
Fursatdan foydalanib, siz azizlarimga – yurtimizdagi barcha o‘qituvchi 
va murabbiylarga Vatanimizning bugungi ravnaqi, ertangi istiqboli 
yo‘lidagi mas’uliyatli mehnatingiz uchun xalqimiz nomidan, o‘z 
nomimdan yana bir bor chuqur minnatdorlik izhor etishni ham qarz, ham 
farz deb bilaman. 
Qadrli do‘stlar! 
Barchangizni qutlug‘ bayramingiz bilan samimiy tabriklab, sizlarga 
yangi-yangi yutuqlar, sihat-salomatlik va baxtu saodat, xonadonlaringizga 
tinchlik-xotirjamlik tilayman. 
Umringizdan baraka toping, hech qachon kam bo‘lmang, aziz ustozlar! 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling