Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov 
Toshkent shahri,
2010 yil 15 oktabr 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
MAMLAKATIMIZDA DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI 
YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI 
RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma 
majlisidagi ma’ruzasi 
Hurmatli deputatlar!
Aziz do‘stlar!
Shu kunlarda barchamiz nihoyasiga yetib borayotgan 2010 yilni 
yakunlab, Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi nishonlanadigan yangi 
2011 yil ostonasida turibmiz.
Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan 
davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib 
borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib 
borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Qisqacha aytganda, biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik 
maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga 
kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini 
yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-
harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz 
tabiiydir.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1991 yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan 
so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-
taqsimot tizimidan voz kechib, “o‘zbek modeli” deb nom olgan o‘z 
taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.
Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu 
modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni 
tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning 
siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo‘lishi va ularni muvofiqlashtirib 
borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, 
islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga 
asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan 
iboratdir.
Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni “shok terapiyasi” yo‘li bilan 
amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini 
tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi 
mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga 
muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda.
Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya 
tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga 
oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, 
shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot 
banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof 
etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz 
mobaynida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 barobarni, 
aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real 
daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, 
ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya 
qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, 
turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida 
onalaro‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygani, 
odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, 
ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan 
ta’kidlasak arziydi, deb o‘ylayman.
2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida 
iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab 
chiqarishpasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning 
o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani
2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetishi kutilayotgani, kelgusi 2011 
yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina 
xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi 
qarzlari ko‘payib borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan bir paytda 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22
O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan 
oshmaydi, davlat budjeti esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan 
bajarilmoqda.
Albatta, mamlakatimiz qo‘lga kiritayotgan bunday ulkan yutuqlar 
ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin.
Ma’lumki, sobiq tuzum davrida respublikamizning iqtisodiyoti bir 
tomonlama rivojlangan, faqat xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, mash’um salbiy oqibatlarga olib kelgan paxta yakkahokimligi 
avjiga chiqqan edi. O‘zbekiston o‘zining qoloq ishlab chiqarish va sotsial 
infratuzilmasi bilan sobiq ittifoqda jon boshiga iste’mol darajasi bo‘yicha 
eng past o‘rinda turardi. Mustaqil rivojlanish yillarida – tarixan qisqa bir 
davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo‘lga kiritdi, buning natijasida 
mamlakatimizning qiyofasi butunlay o‘zgarib, jahon hamjamiyatidagi o‘rni 
va nufuzi yuksalib bormoqda.
Ayni paytda barchamiz bir haqiqatni o‘zimizga aniq tasavvur 
etishimizni istardim. Ya’ni, erishilgan bunday marralar – barqaror 
rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik huquqiy 
davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas, 
amalda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, jahon miqyosida obro‘-e’tibor 
qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak 
maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir qismi, xolos.
Bu yo‘lda biz duch kelishimiz mumkin bo‘lgan shunday bir xavf borki, 
u ham bo‘lsa, avvalambor erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlik 
kayfiyatiga berilish, real voqelikdan uzilib qolish xavfidir. Bu esa 
mamlakatimiz taraqqiyotining samaradorligi va istiqboliga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin.
Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan 
bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida 
egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib 
borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan 
hamqadam bo‘lishimiz shart.
Ma’lumki, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Shu bois 
avvalambor ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli falokatlar, jahon 
iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko‘rish imkonini 
beradigan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor 
yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
23
strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard natijada 
muvaffaqiyatga erishadi.
Shu munosabat bilan alohida ta’kidlab aytmoqchimanki, mustaqil 
taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob 
qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum 
o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan 
kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish 
yo‘lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada 
yuqori bosqichga ko‘tarishimiz darkor.
Shu ma’noda, 1992 yil dekabr oyida qabul qilingan, mamlakatimizning 
demokratik taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab bergan 
Konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat kasb 
etadi. Bu boradagi ishlarimiz 2001 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan keyingi 
10 yil davomida yanada faollashib, ko‘lami va miqyosi tobora kengayib 
bormoqda.
Natijada bugungi kunga kelib biz o‘z oldimizga qo‘ygan asosiy 
maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.
Buning tasdig‘ini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish 
jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va izchil tus olgani, 
odamlarimiz o‘zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, 
ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo‘layotgan barcha voqea-hodisalarga 
daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida 
ko‘rish, anglash qiyin emas.
Yurtdoshlarimizning, butun jamiyatimizning hayotidagi ana shunday 
o‘zgarish va yangilanishlar, o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, bugungi kunda 
mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo‘lidan dadil rivojlanib 
borishini ta’minlayotgan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.
Mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni 
xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish 
mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz 
tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon 
ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, quyidagi yo‘nalishlarni demokratik 
o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari 
sifatida belgilash zarur, deb o‘ylayman.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling