Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI 
Aziz vatandoshlar! 
Qadrli do‘stlar! 
Mana shu hayajonli daqiqalarda bayram dasturxoni atrofida jamuljam 
bo‘lib o‘tirgan siz azizlarni, butun O‘zbekiston xalqini qutlug‘ qadami 
bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi – 2011 yil bilan samimiy 
muborakbod etish va eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman. 
Ayni shu lahzalarda barchamiz o‘tib borayotgan yil davomida 
boshimizdan kechirgan, el-yurtimiz hayotida ro‘y bergan unutilmas 
voqealarni, quvonch va tashvishlarni beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, 
shu kunlarga sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar 
aytishimiz, hayotning qadr-qimmatini yana bir bor anglashimiz tabiiy, 
albatta. 
Yakuniga yetayotgan yilni kuzatar ekanmiz, bugungi shiddat bilan tez 
o‘zgarayotgan zamonda, avvalo, yon-atrofimizda yuz berayotgan 
notinchlik va beqarorlik, qarama-qarshilik tufayli vaziyat tobora 
keskinlashib, murakkablashib borayotgan bir paytda mamlakatimizda 
tinchlik va osoyishtalik, osuda hayotni saqlash, jamiyatimizda kuchayib 
borayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, millatlar va elatlar o‘rtasidagi 
totuvlik va hamjihatlikning qadriga yetish, asrab-avaylash naqadar muhim 
ekanini yana va yana qalbimizdan, yuragimizdan o‘tkazamiz, desam, 
o‘ylaymanki, haqiqatni aytgan bo‘laman. 
Aziz do‘stlarim, birodarlarim! 
Biz 2010 yil mobaynida qanday yutuq va marralarga erishgan 
bo‘lmaylik, albatta ularni qiyinchiliksiz, osonlik bilan qo‘lga kiritganimiz 
yo‘q. 
Shu ma’noda, qaysi sohani olmaylik, bu qishloq xo‘jaligi bo‘ladimi, 
ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalar bo‘ladimi, o‘tgan yil davomida qancha-
qancha mashaqqatli sinov va muammolarni yengib o‘tishga to‘g‘ri 
kelganini ta’kidlash lozim. Lekin boshimizdan o‘tkazgan bunday sinov va 
qiyinchiliklarga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siriga 
qaramasdan, o‘z nihoyasiga yetayotgan 2010 yil el-yurtimiz, Vatanimiz 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
94
uchun har jihatdan mazmunli, barakali va omadli bo‘ldi, deb aytishga to‘liq 
asoslarimiz bor. 
Buning yaqqol tasdig‘ini avvalo O‘zbekistonimizning dunyodagi 
sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlariga 
erishib kelayotganida ko‘rish mumkin. 
Ayniqsa, yakunlanayotgan yilda g‘alla, paxta va boshqa qishloq 
xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha mamlakatimizda mo‘l hosil yetishtirilgani, 
iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlari 108,5 foizni tashkil etib, davlat budjeti 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foizga oshirib bajarilgani bu fikrning 
yorqin dalilidir. 
Eng muhimi, o‘tgan yilda aholining real daromadlari 23,5 foizga, ish 
haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 32 foizga 
ko‘paygani xalqimizning farovonligi oshib borayotganidan dalolat beradi. 
2010 yil – Barkamol avlod yilida amalga oshirgan keng ko‘lamli 
tadbirlarimiz farzandlarimiz, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning 
zamon talab qilayotgan darajada bilim olishi, intellectual salohiyatini 
oshirishi, tajriba topishi va hayotga hal qiluvchi kuch bo‘lib kirib borishi, 
bir so‘z bilan aytganda, kelajagimiz mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga 
qodir bo‘lishi yo‘lida yangi bir qadam bo‘ldi, desam, o‘ylaymanki, sizlar 
ham bu fikrga qo‘shilasiz. 
Oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlarga yetish bo‘yicha mamlakatimiz 
qanday yuksak natijalarga erishgan bo‘lsa, hech shubhasiz, millati, tili, dini 
va e’tiqodidan qat’i nazar, O‘zbekistonimizni yagona Vatan deb, o‘zini 
ayamasdan xizmat qilayotgan har bir inson – qaysi sohada, qaysi vazifani 
bajarmasin – bu yutuqlarda mening ham hissam bor, deb boshini baland 
ko‘tarib yurishga albatta haqlidir. 
Bugun mana shunday shukuhli ayyomda zahmatkash dehqonlarimiz, 
mehnatchi va ziyolilarimizga, olim va shifokorlar, jonkuyar o‘qituvchi va 
murabbiylarimizga, jasur va mard harbiylarimizga – mamlakatimiz 
taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mehnati singgan 
barcha-barcha yurtdoshlarimizga samimiy hurmatim va chuqur 
minnatdorchiligimni bildirishni o‘zimning burchim deb bilaman. 
Muhtaram do‘stlar! 
Bugun eski yil bilan xayrlashar ekanmiz, barchamiz “Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik yili” deb nom olgan yangi – 2011 yilni qut-barakali, 
omadli va fayzli, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
95
iqtisodiy taraqqiyotimizni yuksak pog‘onaga ko‘tarishda yangi bir bosqich 
bo‘ladi, deb katta orzu-umidlar bilan kutib olishimiz tabiiydir. 
Yangi yilda iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlagan 
holda, salohiyatimizni yanada mustahkamlash hisobidan xalqimizning 
hayot darajasi va sifatini uzluksiz yuksaltirishga qaratilgan siyosatni 
davom ettirib, aholimizning daromadlarini oshirish, ish haqi, pensiya, 
stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini 25 foiz ko‘paytirish ko‘zda 
tutilmoqda. 
Shu borada sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va boshqa sohalarga 
yo‘naltirilgan mablag‘lar hajmini sezilarli darajada oshirib, davlat budjeti 
umumiy xarajatlarining qariyb 60 foizini aynan ijtimoiy sohalarni 
rivojlantirishga ajratish belgilangani el-yurtimizning bayram oldi 
kayfiyatini yanada ko‘taradi, deb o‘ylayman. 
Bunday rejalar hammamizni quvontiradi, albatta, lekin bu marralarni 
qo‘lga kiritishning asosiy shartlari haqida alohida aytib o‘tishni o‘rinli deb 
bilaman. 
Nafaqat 2011 yildagi, balki uzoq va davomli orzu-niyatlarimizni 
amalgaoshirishning yakkayu yagona sharti bu – jamiyatimizni yangilash
mamlakatimizni modernizatsiya qilish, dunyoda hech kimdan kam 
bo‘lmaydigan demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etish 
bo‘yicha mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab amalga 
oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan islohotlar siyosatini hech ikkilanmasdan, 
qat’iyat bilan davom ettirishdan iborat, desak, hechqanday xato bo‘lmaydi. 
Kelgusi yilda men barchamizning eng muhim burchimizni shu borada 
amalga oshirayotgan ishlarimizning samarasini yanada oshirish uchun har 
qaysimiz o‘z joyimizda bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil mehnat 
qilishda deb bilaman va siz azizlarning barchangizni shunga da’vat etaman. 
Aziz vatandoshlarim, qadrdonlarim! 
Sizlarni bag‘rimga bosib, kirib kelayotgan yangi – 2011 yil bilan yana 
bir bor chin qalbimdan tabriklayman. 
Yangi yilda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, 
xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman! 
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! 
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin! 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling