www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib
chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada
rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni
hayotning o‘zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati va kredit
axboroti almashuvi to‘g‘risida”, “Garov reyestri to‘g‘risida”, “Rieltorlik
faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”,
“Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi va
boshqa yangi qonunlar shular jumlasidandir.
Yana bir muhim masala.
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining
eng muhim istiqbollari va
ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olar ekanmiz, biz ichki ehtiyojning
o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi. Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi
choralar dasturida ana shunday yondashuv asosida ish tutganimiz o‘tgan
yillarda o‘zini to‘la oqladi. Ta’kidlash kerakki,
bugungi kunda Osiyodagi
ko‘plab mamlakatlar aynan shunday pozitsiyaga amal qilib kelmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim
vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish –
iste’mol talabini
Do'stlaringiz bilan baham: