Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni tanqidiy qayta ko‘rib, 
yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish hamda unda korporativ 
boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini 
yanada aniq belgilash lozim. Ushbu qonundagi aksiyadorlik 
jamiyatlarining Kuzatuvchilar kengashlari, umumiy yig‘ilishlari, taftish 
komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirish, minoritar, ya’ni qo‘lida 
aksiyasi kam bo‘lgan aksiyadorlarning kafolatlarini ko‘proq ta’minlash, 
barcha aksiyadorlarni va bo‘lajak investorlarning aksiyadorlik 
kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida axborot olish imkoniyatlarini 
kengaytirishni ko‘zda tutish ayni muddao bo‘lur edi.
Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala – mamlakatimiz 
iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda xususiy 
tadbirkorlikning roli va ulushini yanada kengaytirishni ta’minlay 
oladigan qonunlarni qabul qilish masalasi biz uchun dolzarb bo‘lib 
qolmoqda.
O‘zbekistonning bu yilgi yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning 
ulushi 50 foizdan ortib borayotganiga qaramasdan, afsuski, bu soha real 
iqtisodiyotimizda, avvalambor sanoatda yetakchi o‘rinni egallay olmayapti. 
Ushbu vazifani hal etish uchun “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni tayyorlash zarur. Bu 
qonunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish 
yo‘llarini soddalashtirish, ularning faoliyati uchun ko‘proq erkinliklar 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55
berishni ko‘zda tutish lozim. Ushbu sektorni kreditlash, resurslardan 
foydalanish, davlat buyurtmalarini olish, tadbirkorlik subyektlari ishlab 
chiqarayotgan mahsulotlarni sotish uchun yangi imtiyozlar berish, xalqaro 
amaliyotga muvofiq daromadlarning yillik deklaratsiyasi shakliga 
bosqichma-bosqich o‘tish, moliya va statistika hisobotlari tizimini yanada 
soddalashtirish, jumladan, bunday hisobotlarni vakolatli davlat organlariga 
elektron shaklda taqdim etish kabi mexanizmlar hisobidan qo‘llab-
quvvatlash masalalari ham qonunda o‘z aksini topishi darkor.
Hammamiz yaxshi tushunamizki, bozor munosabatlarining asosi 
bo‘lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari 
katta rol o‘ynaydi. Ammo, amaldagi “Tovar bozorlarida monopolistik 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling