www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham
tadbirkorlar o‘z biznesiga bexavotir investitsiya kiritishi, ishlab chiqarish
faoliyatini
kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini
ko‘paytirishi, o‘z mulkiga o‘zi egalik qilishi, foydalanishi,
tasarruf etishi
lozim. Ayni shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan
xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni
mustahkamlashga qaratilgan
“Xususiy mulkni himoya qilish va
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab
chiqish va qabul qilish zarur.
Shuningdek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik
to‘siqlarni
bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida
ruxsat berish tartib-qoidalari to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqish va
qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda
tadbirkorlik faoliyatini
yuritish uchun zarur bo‘lgan ruxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy
cheklangan ro‘yxati va turlarini aniq belgilab qo‘yish,
qonunda nazarda
tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat berish tartib-qoidalarining
yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlash zarur.
O‘ylaymanki, bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni
kengaytirish uchun
biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: