Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga 
oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli 
qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda 
nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro 
munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar 
ko‘zda tutilishi darkor.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining 
tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini 
kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin 
munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu vazifani hal qilishda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda 
mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, 
xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga 
aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada 
kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Shu bilan birga, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning 
maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari saylovi 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha oqsoqollar va ularning 
maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar 
ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli 
oshirilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan o‘zgartish 
va qo‘shimchalar kiritish taklif qilinadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun 
hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini 
amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga 
qaratilgan 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling