Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

bilan bog‘liq muammodir. Shuning uchun ham zikr etilgan 
qo‘shimchalarning kiritilishi fuqarolarning saylov huquqlari amalga 
oshirilishini, ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishini, uchastka 
komissiyalari faoliyati oshkoraligini ta’minlash va saylov qonunchiligi 
buzilishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida navbatdagi 
qadam bo‘lur edi.
To‘rtinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 
saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga “ovoz berish kuniga qadar qolgan besh 
kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari 
natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan 
bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek, ularni 
umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu 
jumladan, Internet tarmog‘iga) joylashtirish taqiqlanadi” degan normani 
kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu normaning yuqorida 
ko‘rsatilgan qonunlarga kiritilishi saylovchilar huquqlarining yanada 
ta’sirchan himoya qilinishi, muayyan nomzodga g‘arazli munosabatda 
bo‘lish, bu borada saylov qonunchiligi buzilishining oldini olish imkonini 
beradi.
Beshinchi. O‘zbekiston Ekologik harakatidan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining 
ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga 
O‘zbekiston Ekologik harakatining Qonunchilik palatasi deputatlarini 
saylash bo‘yicha konferensiyalarida kuzatuvchilarning ishtirok etish 
huquqini belgilab beradigan qo‘shimcha kiritish maqsadga muvofiq, deb 
o‘ylayman.
Yuqorida bayon etilgan qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirish 
mamlakatimizda saylov erkinligi huquqi prinsipining to‘liq joriy etilishi va 
saylov tizimining yanada demokratlashuviga xizmat qilishi muqarrar. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
48

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling